Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Laporta: "Balde bilan shartnomani uzaytirish - tarixiy kun bo‘ldi"

Laporta: "Balde bilan shartnomani uzaytirish - tarixiy kun bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa himoyachisi Aleks Balde bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi.

"Bu "Barselona" uchun tarixiy kun. Aleks klubni 13 yoshidan biladigan shaxs. U "Barsa" nima ekanligini va bizning qadriyatlarimiz nimaligini biladi. Va u bo‘lajak klubga yangi kelgan barcha futbolchilarning jamoaga integrasiyalashuviga mas’ul bo‘lganlardan biri bo‘ladi", - dedi Laporta Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Aleks Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilning yozida "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasiga qo‘shilgan.

O‘tgan mavsumda Balde "Barselona" safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 6 golga assistentlik qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan yangi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:23, 21.09.2023.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик