«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes Joau Feliks va Joau Kanseluning mumkin bo‘lgan shartnomalari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Feliks «Barselona»ga «Atletiko»dan, Kanselu esa «Manchester Siti»dan ijara asosida kelib qo‘shilgan.
«Feliksning to‘lovi haqida gapirishga hali erta. Albatta, biz uning o‘yinidan mamnunmiz. Kanselu bilan ham vaziyat xuddi shunday.
Ular bu yerni yaxshi ko‘radilar va bizga ko‘p yordam berishadi. Ammo futbol olamida hammasi bir kunda o‘zgarishi mumkin», - deya Xavining so‘zlarini keltirmoqda Diario Sport.