"Chelsi" hujumchisi Armando Broya APL 6-turida jamoasining "Aston Villa"dan uchralgan mag‘lubiyati (0:1) haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi uchrashuv 22 yoshli alban uchun bu mavsumdagi birinchi uchrashuv bo‘ldi, chunki u avvalroq jarohatidan forig‘ bo‘lgandi.
"Ochig‘i, biz kutgan natija emas, lekin shuncha oylik vaqtdan keyin maydonga qaytish naqadar hayajonli tuyg‘u" - dedi o‘yindan keyin Broya.
Joriy Angliya chempionatining olti turida "Chelsi" besh ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. “Ko‘klar” APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini 2 oktyabr kuni “Fulxem”ga qarshi o‘tkazadi.