"Napoli" rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiyani iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshladi.
Neapolliklar Garsiyaning o‘rniga "Marsel"ning sobiq boshqaruvchisi Igor Tudorni ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, nomzodlar orasida "PSJ"ning sobiq bosh murabbiyi Kristof Galtye ham bor.
Italiya chempionatining besh turidan so‘ng “Napoli” sakkiz ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.