"Yuventus" boshqaruvchisi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Kenan Yildizning istiqbollari haqida gapirdi.
18 yoshli futbolchi mavsum boshidanoq turinliklar jamoasining asosiy tarkibi o‘yinlariga jalb qilina boshlagan. Yildiz uchta o‘yinda ishtirok etdi, jumladan, yakshanba kuni "Atalanta" bilan o‘yinda (0:0) futbolchi Moyse Kinning o‘rnina 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
“Yildiz 2005 yilda tug‘ilgan, lekin men u bilan o‘ynagan barcha o‘yinlarda xato qilmagan. U, ayniqsa, to‘p bilan muomala qilish texnikasi bilan ajralib turadi. U ajoyib o‘yinchi bo‘ladi", - dedi "Yuventus" bosh murabbiyi Sky nashriga bergan intervyusida.
Kenan Yildiz o‘tgan yozda "Bavariya"dan "Yuventus" yoshlar akademiyasi safiga qo‘shilgan edi.