PSV sardori Lyuk de Yong Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida “Sevilya” bilan durang (2:2) haqida fikr bildirdi.
"Agar o‘yinni umumiy ko‘rib chiqsangiz, menimcha, bizda to‘pga ko‘proq ega bo‘ldik, lekin ularda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Yakunda biz ochkodan mamnunmiz, chunki qo‘shib berilgan vaqtda hisobni tenglashtirdik. Lekin menimcha, biz yaxshiroq o‘ynab, hatto g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi", - deya de Yongdan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.