Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova ham o‘z nomini Osiyo o‘yinlari sovrindorlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Mansi ustidan g‘alaba qozondi.