«Yuuventus» 2022/23 yilgi mavsum uchun o‘z hisobotlarini e’lon qildi, bu bir qator sabablarga ko‘ra umidsizliklarga sabab bo‘ldi. Italiya futbol federasiyasi «Yuventus»ga moliyaviy qonunbuzarliklar uchun ayblov qo‘yganidan so‘ng, klub direktorlar kengashi, jumladan, rais Andrea Anyelli, vise-prezident Pavel Nedved va bosh ijrochi direktor Maurisio Arrivabene iste’foga chiqdi.
Klub aslida ikkita alohida huquqiy ishni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi: birinchisi, o‘yinchilarning savdo qiymatini oshirib yuborish orqali ortiqcha ko‘rsatilgan kapital daromadlari bilan bog‘liq bo‘lsa, yana biri «manevrlari» bilan bog‘liq yolg‘on hisob-kitoblarga asoslangan. «Yuve»ning muammolariga qo‘shimcha qilamizki, ularning sobiq yulduzi Krishtianu Ronaldu yaqinda klubga 19,5 million yevro to‘lanmagan maosh (ish haqi bilan bog‘liq) ustidan sudga murojaat qildi. Buning ustiga, Pol Pogba doping testlaridan o‘ta olmadi, shuning uchun uning «Yuve»dagi faoliyati mavhum, ammo bu klubga moliyaviy nuqtayi nazardan katta maoshli fransiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini berishi mumkin. Chunki hozir maoshlarni tejash juda muhim.
«Yuventus»ning 2022/23 yilgi moliyaviy natijalariga ikki xil qarash mavjud: bir tomondan, defisit sezilarli darajada qisqardi; boshqa tomondan, soliqdan oldingi yo‘qotish hali ham 117 million yevrodan katta edi va Italiyadagi eng katta yo‘qotishlardan biri bo‘lib turibdi. «Yuventus»ning 2022/23 yilgi xato hisobotlari ular A Seriyada 7-o‘rinni egallagan mavsumni qamrab oladi (ochkolar chegirib tashlanganidan keyin). Yevropada ular Chempionlar ligasining guruh bosqichidan chiqib ketishdi va Yevropa ligasiga tushdi, u yerda yarim finalga yo‘l olishdi. Jamoaning soliq to‘lashdan oldingi yo‘qotishlari ikki barobardan ko‘proqqa qisqardi, 237 million yevrodan 117 million yevrogacha (soliqdan keyin 124 million yevro edi), daromad 46 million yevroga (11 foizga) 414 million yevrodan 460 million yevroga ko‘tarildi, bu qisman KOVID ta’sirining yo‘qligi va o‘yinchilarning foydasi tufayli bo‘ldi. Savdolardan tushgan daromad 19 mln yevroga (67%) 28 mln yevrodan 47 mln yevroga oshgan. Klubning ta’kidlashicha, har xil huquqiy muammolar, Italiya va xalqaro miqyosdagi taqiqlar bo‘lmaganda yo‘qotish 23 million yevroga kamaygan bo‘lardi.
«Yuventus»ning 2022 yilgacha bo‘lgan uch mavsumdagi yo‘qotishlari juda ham hayratlanarli. Bu 544 million yevroni tashkil etadi. Faqatgina «Barselona» 840 million yevro va «PSJ» 725 million yevroga zarar ko‘rgan va bu borada eng yuqori ko‘rsatkichga egalar. Oxirgi marta «Yuventus» 2016/17 yilgi mavsumda foyda bilan chiqib ketgan edi, ammo o‘shandan beri olti yil ichida ular dahshatli tarzda 739 million yevro (soliqlardan tashqari) yo‘qotishga uchradi.
O‘yinchilarning foydali savdosining ahamiyati
«Yuventus»ning 2022/23 yilgi mavsumda o‘yinchilarni sotishdan olgan foydasi 19 million yevroga (67 foizga) – (28 million yevrodan 47 million yevrogacha) ko‘tarildi. «Yuventus» biznes modeli so‘nggi uch yil ichida daromadning keskin kamayishini aks ettiradi, uch yil ichida transfer foydasi 35 million yevroni tashkil qilgan, bu avvalgi 4 yillik davrdagi 132 million yevrodan deyarli 100 million yevroga kam degani. Ya’ni, «Yuventus» 2022 yilgacha o‘yinchilarni sotishdan 446 million yevrogacha pul ishlab olgan edi, bu Italiyadagi eng katta raqamlardir. «Napoli» 262 million yevro va «Inter» 256 million yevro foyda ko‘rganini hisobga olsak, bu deyarli ikki barobarga ko‘pdir. Muammo shundaki, bu ajoyib natijalar ko‘p jihatdan bir necha yil oldingi bitimlar bilan bog‘liq. Ko‘rib turganimizdek, tendensiya, albatta, bu holatda «Yuve»ning doimiy do‘sti emas.
O‘yinchilar sotuvini hisobga olmaganda «Yuventus»ning daromadi so‘nggi to‘rt yil ichida 34 million yevroga (7 foizga) kamaygan. Bu 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yuqori cho‘qqi 494 million yevrodan 460 million yevrogacha tushib ketganini bildiradi, ammo bu hali ham klub tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich emas. Daromadlarning qisqarishiga Yevropadagi yomon ko‘rsatkichlar tufayli translyasiyalarning yo‘qligi sabab bo‘ldi.
Yevro maydonning ahamiyati
«Yuventus» translyasiya daromadini oshirish uchun Chempionlar ligasiga yo‘l olishi shart, chunki A Seriyadagi televideniye huquqlari juda past bo‘lib, 1,1 milliard yevroni tashkil etadi xolos, ayniqsa so‘nggi kelishuv 14 foizga (ichki 5 foizga, xalqaro 40 foizga) pasayganidan keyin. Taqqoslash uchun, 2021/22 yilgi mavsumda Premyer-ligada so‘nggi o‘rinni egallagan klub («Norvich Siti») 114 million yevro miqdorida tv puli oldi, bu Italiya chempionidan deyarli 50 foizga ko‘p.
O‘tgan mavsumda «Yuventus» UYEFA musobaqalaridan 64 million yevro ishlab oldi, bu Italiya klublarining chempionlar ligasidagi to‘rt vakili orasida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, chunki ular guruh bosqichidan chiqib ketgan edi. «Inter»ning finalga chiqishdagi yutug‘i 100 million yevroga teng bo‘lgan bo‘lsa, yarim finalchi «Milan» 85 million yevro, chorak finalchi «Napoli» esa 77 million yevro olgan.
«Yuventus»ning ish haqlari fondi 55 million yevroga (16 foizga) – (337 million yevrodan 282 million yevrogacha) kamaytirildi. Bu klub «tarkibiy xarajatlarni rasionalizasiya qilish bo‘yicha keskin harakatlar» qilgani bois amalga oshdi. Ba’zi o‘yinchilar ijaraga berilgan bo‘lib, ularga to‘lanadigan bonuslar pastroq bo‘lgan. Bu mavsum maoshlar yana tushishi kerak, chunki ba’zi katta maosh oluvchilar klubni tark etishdi.
«Yuventus» avvalgi darajasiga qaytishi kerak, chunki yevro maydondagi muvaffaqiyat daromadning o‘sishiga yordam beradi. Ular hech bo‘lmaganda joriy mavsumni kuchli to‘rtta o‘rindan birida yakunlashi va shu tariqa daromadli Chempionlar ligasiga yo‘l olishi kerak.