Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Energetik-BGU» klubi bosh murabbiyi: «Husanov Belarusda ishlov berilmagan olmosga o‘xshardi»

«Energetik-BGU» klubi bosh murabbiyi: «Husanov Belarusda ishlov berilmagan olmosga o‘xshardi»

Baho:
+2 | -

Belarusning "Energetik-BGU" klubi bosh murabbiyi Aleksey Merkulov o‘zining sobiq shogirdi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi. Hozirgi vaqtda o‘zbek himoyachisi Husanov Fransiyaning "Lans" klubi sharafini himoya qilmoqda va Angliyaning "Manchester Siti" jamoasiga o‘tishiga yaqin.

"Abduqodir 2022 yil boshida "Energetik" jamoasiga kelib qo‘shildi. Gap shundaki, "Energetik" futbol klubi — Anatoliy Ivanovich Yuryevichning mahsuli. U jamoa uchun maxsus dastur va o‘ziga xos falsafa yaratgan. Shu tizimga tayangan holda asosiy jamoa bilan taxminan yetti nafar murabbiydan iborat shtab ishlaydi. Husanovni aynan Anatoliy Ivanovich o‘zining sobiq ittifoq hududidagi keng aloqalari orqali topib keltirdi.

Abduqodir "Energetik"ka kelganida O‘zbekistonda yarim himoyachi sifatida o‘ynagan edi. 17 yoshli yigitni ko‘riboq, uning pozisiyasini markaziy himoyachi sifatida o‘zgartirdik. 2022 yilda "Energetik" Belarusda sensasiya qildi va mamlakat chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu yutuqda Husanovning hissasi katta bo‘ldi.

O‘sha vaqtda Abduqodir haliishlom berilmagan olmosga o‘xshardi. Uning iste’dodi borligi ko‘rinib turardi, ammo unga, avvalo, jismoniy sifatlar va taktik tayyorgarlik bazasi zarur edi. Bizning butun murabbiylar shtabi aynan shu jihatlarda ishladi. Shuni aytish kerakki, "Energetik"da o‘yinchilar haqida ob’ektiv ma’lumotlar olish imkonini beradigan ilmiy asos juda yaxshi rivojlangan.  

Husanov — bu shunday futbolchiki, murabbiylar: "Eh, ana shunday o‘yinchilar ko‘proq bo‘lsa..." deyishadi. Tarbiyali va ziyoli yigit. U bilan suhbatlashish yoqimli. Juda yuqori intellektga va o‘rganish qobiliyatiga ega. Maydonda Abduqodir juda tez, yakkakurashlarda ajoyib, yaxshi zarbaga ega, o‘z yoshiga nisbatan haddan tashqari sokin va ruhiy barqaror", — dedi Merkulov "Chempionat" muxbiri Vladimir Chetverikka bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:05, 11.01.2025.
O'qildi: 3706 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.