Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Abduqodir Husanovning narxi O‘zbekiston, BAA, Avstraliya va Qatar milliy jamoalarining to‘liq tarkibidan ham qimmatroq

Abduqodir Husanovning narxi O‘zbekiston, BAA, Avstraliya va Qatar milliy jamoalarining to‘liq tarkibidan ham qimmatroq

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubiga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi. Transfer uchun to‘lanadigan 40 million yevro uni Osiyodagi top jamoa futbolchilarining umumiy narxidan ham qimmatroq futbolchiga aylantiradi.

Turli ishonchli manbalar klub mutasaddilari va futbolchi o‘rtasida kelishuv amalga oshgani, yaqin kunlar ichida Abduqodir “Manchester Siti” klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi haqida xabar bermoqda.

Futbolchi va klub 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, “shaharliklar” 40 million yevro to‘lab beradi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qiymat bir nechta Osiyoning top jamoalaridagi futbolchilarning umumiy narxidan ham qimmatroq.



Hozirda futbolchilarning narxlari orqali tuzilgan eng qimmat Osiyo jamoalari reytingida Yaponiya (280 million yevro), Janubiy Koreya (158 mln yevro) va Eron (48 mln yevro) yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi 47 millionga baholangan. Agar transfer rasman amalga oshsa, O‘zbekiston jamoasi Erondan o‘zib ketadi va qiymati 70 million yevrodan oshib, Osiyoning 3-jamoasiga aylanadi.

Qiziqarlisi, Abduqodirning narxi Osiyoning bir nechta top jamoalari narxlaridan qimmat. Masalan, Avstraliya (39 million yevro), BAA (35,95 mln), Qatar (18,98 mln) va Saudiya Arabistonining to‘liq tarkibi ham O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisining narxidan arzonroqqa baholangan. O‘zbekiston jamoasining to‘liq tarkibi ham Abduqodirsiz 35 millionga teng.

Abduqodir Husanov o‘zbek futbolchilari orasida ham eng qimmat futbolchiga aylanadi. Bundan avvalgi rekord summa Eldor Shomurodovga tegishli bo‘lib, u “Roma”ga 17,5 million yevro evaziga o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yosh himoyachiga turli top klublar qiziqish bildirdi. Ular orasida Fransiya chempioni “PSJ”, Angliyaning “Chelsi”, “Nyukasl”, Ispaniya grandi “Real” klublari bor edi. Yakunda Gvardiola boshchiligidagi jamoa himoya chizig‘ini O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi bilan to‘ldirishga qaror qildi. Shu tariqa, Abduqodir Husanov APLda o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlikka aylanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:58, 11.01.2025.
O'qildi: 7187 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.