Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida bugun “Metallurg” chempionat peshqadami “Paxtakor” maydonida mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bekobodliklar bosh murabbiyi Vesko Steshevich birinchi taymda chempionat davomida o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘layotgan futbolchilarni maydonga tushirdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar ikkita vaziyatdan unumli foydalanib, gol kiritishdi. Dastavval burchakdan uzatib berilgan to‘pni Metyu Stinvorden boshi bilan urib, darvoza to‘riga tushirgan bo‘lsa, ikkinchi gol polshalik hujumchi Pshemislav Banashakning mahorati mahsuli bo‘ldi.

Ikkinchi taymda “Metallurg” tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushgach, bekobodliklar o‘yinida keskin o‘zgarish sezildi. Maydon egalari darvozasi yonida ketma ket gollik vaziyatlar yaratildi. Shunday hujumlardan birini Abror Toshqo‘ziyev golga aylantirdi va hisobni qisqartirdi. Uchrashuv oxirida Shahzod Ubaydullayev hamda Sardor Abduraimovlarda ham gol urish uchun yaqqol vaziyatlar bo‘ldi. Ammo birinchi holatda maydon egalari posboni ishonchli o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda “Metallurg” yarim himoyachisining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Nazorat uchrashuvi
“Paxtakor” – “Metallurg” – 2:1 (2:0).
Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni.
Hakamlar: R.Lutfullin, S.SHoyusupov, A.Usmonov.
Gol: M.Stinvorden, P.Banashak, A.Toshqo‘ziyev.
«Paxtakor»: P.Pavlyuchenko, SH.A’zamov,  D.Tursunov, D.Saitov, M.Stinvorden, SH.Azmiddinov, S.Poyonov,  D.Hamdamov, S.Sobirxo‘jayev, A.Ergashboyev,  P.Banashak.
«Metallurg»: A.Lobanov (A.Ortiqov, 46), E.Ismoilov, D.Maxini (R.YAzdando‘st, 46), X.Sattorov, M.Aliqulov (SH.G‘ofurbekov, 46), B.SHodmonov, A.Xayrullayev (K.Palich, 46), H.G‘ofurov (S.Abduraimov, 46), M.Ibrohimov (A.Toshqo‘ziyev, 46), D.Temirov (I.SHayqulov, 46), D.SHaripov (SH.Ubaydullayev, 46).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:30, 14.10.2023.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик