Himoyachi Federiko Gatti va Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar yakunlanmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yangi shartnoma bo‘yicha futbolchining maoshi 1,4 million yevroni tashkil qiladi.
Kelishuvning rasmiy shartlari yaqin kunlarda amalga oshishi kerak. Shartnoma 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Federiko «keksa sinyora» safiga 2022 yilning qishida kelib qo‘shilgandi. Keyin u besh yillik shartnoma imzoladi.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Gatti oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita ogohlantirish oldi.