Kirish Ro'yxatdan o'tish

Valverde "Arsenal"ga o‘tishga yaqin kelganini tan oldi

Valverde "Arsenal"ga o‘tishga yaqin kelganini tan oldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi futbolchisi Federiko Valverde o‘z vaqtida Angliyada o‘ynashi mumkinligini aytdi.

2016 yilda yarim himoyachi urugvaylik "Penyarol" klubidan "Real"ga o‘tdi, biroq bundan biroz oldin u deyarli Londonga ko‘chib o‘tgandi: "Men o‘tishga yaqin turgan klubmi? "Arsenal" edi" - dedi Valverde insayder Fabrisio Romano bilan suhbatda.

Federiko Valverde "Real" safida barcha musobaqalarda 215 ta o‘yinda maydonga tushgan. Yarim himoyachi 19 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozdagi mish-mishlar urugvaylik yulduzning Premyer-liganing top-klublaridan biriga o‘tishi bilan ham bog‘langan edi. Futbolchining o‘zi ham "Real"dan ketishni istamasligini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 09:57, 21.10.2023.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.