Fransiyaning “PSJ” klubi sobiq futbolchisi Igor Yanovskiy “Monako”ning joriy Liga 1 musobaqasida chempion bo‘lish imkoniyatlarini baholadi.
“Men ularning Fransiya chempionatida g‘alaba qozonishlariga ishonmayman. "PSJ" hozir qanday o‘ynamasin, yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldiradi. Ularga qarshi kurashish qiyin”, - dedi mutaxassis.
To‘qqiz tur yakunlariga ko‘ra, “Monako” 20 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisidan bir ochko ilgarilab, Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.