«Barselona» yulduzi Ilkay Gyundogan «Real» yetakchisi Vinisius Juniorni himoya qildi. U futbolchi ataylab provakasiya qilishiga ishonmaydi.
«El-klasiko» oldidan Gyundogandan Vinisius provokatormi deb so‘rashdi.
«Kimdir Vinisiusning harakatlarini provokasiya deb talqin qilishi mumkin, lekin men uchun, rostini aytsam, unday emas. Ko‘rinib turibdiki, agar u bu ishlarni qilsa, hushtak chalinishini allaqachon biladi.
Bu Vinisius sudda tan olgan narsa. Braziliyalik futbolchi sudda halol gapirdi, chunki u muxolifat muxlislarini to‘plashdan zavqlanadi, chunki bu unga qo‘shimcha motivasiya beradi. Biroq u yolg‘on gapirgani yo‘q», – dedi Ilkay.