Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

"Barselona"ni yengish uchun "Real" nima qilishi kerak?

"Barselona"ni yengish uchun "Real" nima qilishi kerak?

Baho:
+ | -

"Real" bugun La-liga doirasida o‘zining eng ashaddiy raqibi bo‘lgan "Barselona" bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv, shubhasiz ispan futbol taqvimidagi eng katta voqelikdir. Hattoki, La-ligani kuzatmaydigan futbol muxlislari ham aynan "El-klasiko" paytida o‘z diqqatlarini shu o‘yinga qaratishga majbur bo‘lishadi. Angliyada esa ushbu bahsga yanada talab kuchli bo‘lishi tabiiy. Negaki, "Barselona" bilan o‘yin uchun Jud Bellingem tayyor ekani aytildi. Poytaxtliklar uchun bu tur oson kechmaydi. Amaldagi chempionlarga qarshi kurashda Anchelotti nimadir o‘ylab topishi lozim. Quyida "Barselona"ni yutish uchun "Real" ushbu o‘yinda qilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida gaplashamiz.

Gollarni Bellingem urmasligi kerak

Ha, yuqoridagi gap biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Negaki, Bellingem joriy mavsumda fantastik formada bo‘lib turibdi. Shubhasiz, jamoa uni shu zaylda davom etishini istaydi. Ingliz futbolchisi hozirga qadar "Real"ning 21 ta golidan 8 tasiga mualliflik qildi. Ammo aynan mana shu narsa muammo bo‘lishi mumkin. Endilikda, Benzema yo‘q. Shunday paytda gollar hujumchilar tomonidan yetarlicha kiritilmayapti. Vaholangki, hujum chizig‘ida Vinisius, Rodrigo va Xoselu bor. Ammo ularning bari bu mavsumda Bellingemning bir o‘zi kiritgan gol miqdoriga teng gol urgan xolos. Albatta, Bellingem ham o‘zining ilk "El-klasiko"sida gol urishi ajoyib bo‘lgan bo‘lardi. Lekin "Real" ashaddiy raqibini yarim himoya vakili bilan emas, balki hujumchilar bilan taslim etgani yanada yaxshiroq ssenariydir. Negaki, bu narsa mavsumning qolgan qismiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.

Hafsalasiz yulduzlar birlashishi kerak

"El-klasiko" shunday o‘yinki, unda yaxshi birika olgan jamoagina yakunda g‘olib bo‘ladi. Ammo ayni damda "Real"da ayrim yulduzlar borki, ular o‘zlari harakat qilayotgan pozisiyalardan norozi. Anchelotti Rodrigo va Kamavinga kabi futbolchilardan noodatiy pozisiyalarda foydalanmoqda. Masalan, Rodrigo 4-3-2-1 taktik sxemasiga mutlaqo tushmaydigan futbolchi. Kamavinga esa qanot himoyasida o‘ynashni ma’qul ko‘rmaydi. Tchuameni markaziy himoyada harakat qilishdan norozi kayfiyatda. Modrich esa, yoshi o‘tib qolganiga qaramasdan, unga yetarlicha o‘yin vaqti berilmayotganidan xafa. Shunday ichki muhitda "Barselona" mag‘lub etish oson emas. Buning uchun birdamlik kerak bo‘ladi.

"Barselona"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasash kerak

"El-klasiko"dagi g‘alaba hozirda "Real"ga suv va havodek zarur bo‘lib turibdi. Bu narsa faqatgina turnir jadvalidagi holat bilan bog‘liq emas. G‘alaba "qaymoqranglilar"ga nafaqat 4 ochkolik yetakchilikni beradi, balki bu narsa "Barselona"ning joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz jamoa maqomini ham tugatadi. Maydonda ikki raqibning deyarli kuchlari teng bo‘ladi. Xavi jamoasining mag‘lub bo‘lishi ruhiy tomondan "Real"ga katta foyda keltirsa, raqibga yomon ta’sir qiladi. Futbolda kichik va arzimas narsalar bo‘lmaydi. Shu sababli chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar ikir-chikirlargacha e’tiborli bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, bugungi "El-klasiko" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.

Darvoqe, "City Football Group" tarkibiga kiruvchi "Jirona" uchun eslatma: agarda bu jamoa "Selta"ni taslim etib, "Real" mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, u holda "Jirona" bir haftaga La-ligada yetakchiga aylanishi mumkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:01, 28.10.2023.
O'qildi: 4160 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.