Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Abdumalik Halokov professional boksdagi debyut jangini noyabr oyida o‘tkazadi

Abdumalik Halokov professional boksdagi debyut jangini noyabr oyida o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha Butunjahon boks ittifoqi (WBC) 2023 yilning noyabr oyida tashkilotning yillik konvensiyasini Toshkent shahrida o‘tkazadi.

Ushbu konvensiya doirasida 17 noyabr kuni “Humo Arena”da boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda Abdumalik Halokov prof boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Halokov ukrainalik Oleksandr Yegorovga (20-9-1) qarshi jang qiladi. Jang yengil vazn (61,2 kg) toifasida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdumalik Xanchjouda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Avvalroq, Toshkentdagi katta boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Mujibillo Tursunovlarning ham jang qilishi haqida xabar berilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:02, 28.10.2023.
O'qildi: 1573 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик