Bugun 2023 yilgi «Oltin to‘p» sovrini egalari aniq bo‘ladi. "Frans futbol" nashri dastlabki natijalarni e’lon qila boshladi. Futbolchilar so‘rovnomasida 26-30-pog‘onalarni band etganlar ro‘yxatini e’lon qildi.
30-qatorni «Manchester Siti» va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash egalladi. Hujumchi Randal Kolo-Muani («Ayntraxt» / «PSJ»; Fransiya) va yarim himoyachi Martin Edegor («Arsenal», Norvegiya) esa 28-qatorni band etishdi.
«Inter» va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barella 27-o‘ringa joylashtirilgan bo‘lsa, germaniyalik iqtidor egasi Jamol Musiala 26-o‘ringa munosib topildi.