Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Neymarga qaratilgan «o‘q»mi?

Baho:
+ | -

Braziliya prezidenti Lula da Silva mamlakat yoshlarini Lionel Messidan o‘rnak olishga chaqirdi:

«G‘alaba ziyofatli kechalar bilan birlasholmaydi aslo». Futbol afsungarlari yurti rahbarining bu so‘zi go‘yoki, Neymarga qaratilgan «o‘q» misoli yang-radi.

Ha, Braziliyadek futbol mamlakati prezidentining vatandoshlarini azaliy raqib - Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messiga taqlid qilishga chaqirgani kutilmagan holat, albatta. Argentinalik yulduz o‘z hisobiga 8-«Oltin to‘p»ni yozib qo‘ygach, Lula da Silva chindan ham, ko‘pchilik kutmagan bayonot bilan chiqdi. 

«Fikrimcha, braziliyalik yosh futbolchilar aynan Messidan o‘rnak olishlari kerak. Qarang, Leo 36 (!) yoshda, u jahon chempioni, yana «Oltin to‘p»ni ham oldi va hakozo... Messini chindan ham, yoshlarga fidoyilik namunasi sifatida ko‘rsatish mumkin. Qaytaraman, Lionel bolalar uchun ilhom manbai bo‘lishga loyiq. «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish istagidagi har bir futbolchi o‘zini ishga to‘liq bag‘ishlashi, professional me’yorni ushlashi shart. Binobarin, futbolda g‘alabalar ko‘ngilxushlik, ziyofat va turli kechalar bilan birlasholmaydi aslo. Bilamizki, futbol dunyosida ko‘plar yulduzchalar chaqnashadi, biroq ular keyinchalik shunchaki, so‘nib qolishadi. 17 yoshli bolakay katta umid uyg‘otadi, biroq uni darhol sotib yuborishadi», — dedi Lula da Silva.

Qiziq, Braziliya futboli bosh yulduzi Neymar-chi? Nima, u o‘rnak bo‘lishga loyiq emasmi? Lula da Silva balki o‘z bayonoti bilan mamlakat futbolining birinchi raqamli yulduziga «o‘q» otishni o‘ylagandir... Harqalay, Neymarning turli ko‘ngilochar kechalarda tez-tez ko‘rinish berishi ko‘pchilikka ma’lum.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:03, 10.11.2023.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик