Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Srechko Katanes: «Ertaga muxlislar chiroyli o‘yinga guvoh bo‘lishadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va jamoamiz sardori Eldor Shomurodov Turkmanistonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Tayyorgarlik borasida shuni aytishim mumkinki, biz atigi bitta to‘laqonli mashg‘ulot o‘tkazdik. Terma jamoada mashg‘ulot o‘tkazish uchun ko‘p vaqt bo‘lmaydi. Ertaga  bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Raqibimiz kuchli. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, har bir raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak.

Boz ustiga, Turkmaniston terma jamoasi safida bir qancha yaxshi o‘yinchilar bor. Men esa barcha shogirlarimdan o‘yinga kuchni yuz foiz sarflashlarini kutyapman.

Biz birinchi navbatda raqib o‘yiniga qarab qolmasdan o‘z o‘yinimizni, o‘zimizning kuchli jihatimizni namoyish etishimiz kerak.

Stadion haqida nima deyishim mumkin? Chiroyli qilib aytganda, bunday maydonda o‘ynash yaxshi emas. Bunday maydonda o‘ynash men uchun futbol hisoblanmaydi. Bunaqa maydonda o‘yinchilar jarohat olishi mumkin.

Turkmaniston terma jamoasining qanot futbolchilari kuchli ekanini aytishim mumkin. Shuningdek, raqib standart vaziyatlarda xavfli harakat qiladi. Birinchi o‘yindagi natija har bir jamoa uchun muhim hisoblanadi.

Tarkibda qaysi o‘yinchi o‘ynashini aytmayman. Ammo shuni aytishim mumkinki, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Men O‘zbekiston bilan 2 yildan beri ishlayapman. O‘yinchilardagi ishtiyoq borasida hech qachon muammo yuzaga kelmagan. Futbolchilar 100 foiz kuch bilan harakat qilishadi. Ertaga muxlislar chiroyli o‘yinga guvoh bo‘lishadi", — dedi Katanes.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:58, 15.11.2023.
O'qildi: 2771 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик