Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"MYU" Onanasiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

"MYU" Onanasiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozabon Andre Onananing Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etishi mumkinligi sababli yanvar va fevral oylarida jamoada bo‘lmasligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar bermoqda ESPN nashri. Biroq darvozabon Kamerun terma jamoasiga chaqirilsa, turnirda ishtirok etishi borasida bir qarorga kelmagan.

Afrika Millatlar kubogi 2024 yilning 13 yanvaridan 11 fevraliga qadar Kot-d’Ivuarda bo‘lib o‘tadi. Agar Kamerun finalga chiqsa, 27 yoshli Onana shu vaqt ichida Angliya Premyer-ligasida to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag vaziyatga xayrixoh va terma jamoaga o‘tish yoki ketmaslik borasida darvozabonga o‘zi qaror qilishiga imkon beradi.

Klub Onananing o‘rnini 25 yoshli turkiyalik darvozabon Altay Bayindir bilan to‘ldirishni o‘ylamoqda. U yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tdi, ammo jamoada hali debyut o‘tkazmadi.

Kiritildi: 10:48, 16.11.2023.
O'qildi: 2217 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик