Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Rubin Xebay oktyabr oyining eng chiroyli goli muallifiga aylangach nima dedi?

Rubin Xebay oktyabr oyining eng chiroyli goli muallifiga aylangach nima dedi?

Baho:
+ | -

O‘zPFL tomonidan jamoamiz hujumchisi va to‘purari Rubin Xebayning 8 oktyabr kuni “Paxtakor” darvozasiga urgan super goli oktyabr oyining eng chiroyli goli deb e’tirof etildi.

Bu borada yana qator o‘ziga yarasha urilgan gollar ham bor edi. Ammo Xebayning super zarbasidan so‘ng “Paxtakor” mag‘lub etildi.

Aytish joizki, haqli tarzda Rubin oyning eng chiroyli goli muallifiga aylandi.

Tabiiyki, uni oyning eng chiroyli golini urgani bilan tabrikladik va albaniyalik hujumchi “Andijon” matbuot xizmatiga bu boradagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.  

“Katta rahmat. Buni juda ham kutgandim. Rostdan ham ajoyib gol bo‘lgandi. Ushbu golni yanada muhim qiladigan jihati shunda ediki, bu chempion jamoaga qarshi o‘yinda urildi.

Albatta, mening oilam, jamoadoshlarim, do‘stlarim va barcha yangiliklarda ushbu xabarni ko‘rishdi.

To‘g‘risi, kiritgan barcha gollarimni yaxshi ko‘raman. Qachonki, sen gol ursang bu ajoyib hislarni senga taqdim etadi.

Aytib o‘tishim kerakki, o‘tgan oyda kiritilgan gollar menga yoqdi va ularning orasida Sohibjonov, Bozorov va Saitovning gollari ham eng yaxshisi bo‘lishi uchun ajoyib nomzodlar edi”, - deydi Rubin Xebay.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:33, 17.11.2023.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик