Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Everton"dan 10 ochko olib tashlangach, superkompyuter APLning yakuniy jadvalini taxmin qildi

"Everton"dan 10 ochko olib tashlangach, superkompyuter APLning yakuniy jadvalini taxmin qildi

Baho:
+ | -

Superkompyuter 2023/24 yilgi mavsum yakuniy turnir jadvalini bashorat qildi. Mersisaydliklardan yaqindagina moliyaviy daromadlarni yashirganligi uchun 10 ochko olib tashlandi. Oqibatda, Shon Daych jamoasi 19 o‘ringa tushib ketdi. Bu haqida APLning rasmiy saytida shunday ma’lumot berilgan: "Mustaqil kommissiyaning xulosalaridan kelib chiqqan holda, qoidabuzarlik uchun "Everton"dan 10 ochko olib tashlandi".

Rasmiy sayt voqeaga aloqador ma’lumotlar keltirishda davom etar ekan, unda, jumladan shunday deyiladi: "Angliya Premyer-ligasi boshqaruv kengashi shu yilning avvalida "Everton"ga qarshi ish ochgandi. Shu sababli, moliyaviy tekshirishlar boshlanib, mustaqil ekspertlar guruhi ishni olib bordi. Oqibatda, klub qoidabuzarlik qilganini tan oldi. Moliyaviy hisobotlarning yashirilishi 2021/22 yilgi mavsum oxiriga tegishli bo‘lib, hozirga qadar tafsilotlar noma’lumligicha qolayotgandi. O‘tgan oyda o‘tkazilgan besh kunlik sud qayta-eshittiruvidan keyin, aniq bo‘ldiki, klub 124.5 million funt sarflab yuborgan. Bu esa ruxsat berilgan 105 millionlik qiymatdan ko‘p sanaladi. Aytilgan davr mobaynida kelgan foydalar ham yashirib kelingan. Shu sababli kommissiya 10 ochko olib tashlab jazosi berilishi borasida xulosaga keldi. Tayinlangan jazo shu zahoti kuchga kiritildi".

"Everton" qaror yuzasidan apellyasiya berish huquqiga ega. Agarda 10 ochko olib tashlash qarori bekor qilinmasa, "irislar"ning ahvoli og‘ir ekanicha qolaveradi. Jumladan, "Everton" endi mavsum oxiriga qadar APLda qolish uchun kurashishga mahkum bo‘lmoqda. Sun’iy ongga asoslangan kompyuter xulosalariga ko‘ra esa Liverpul klubining bu harakatlari muvaffaqiyatli yakunlanadi. Ular APLda qolishni uddalay olishi taxmin qilingan. Superkompyuter "Everton"ni 17 o‘rinda qolishini ma’lum qildi. Daych  o‘z jamoasini 7 ochko farq bilan xavfsiz hududda olib qoladi. Chempionshipga yo‘l oladiganlar ro‘yxati esa "Byornli" (18), "Luton Taun" (19) hamda "Sheffild Yunayted"(20)dan tashkil topgan.

Turnir jadvalining yuqorisida vaziyat o‘zgarmaydi. Superkompyuter "Manchester Siti"ni yana chempion bo‘lishini bashorat qildi. "Arsenal" esa ikkinchi mavsum ham "shaharliklar"ga bas kela olmaydi. Kuchli to‘rtlik "Liverpul" va "Nyukasl"dan tashkil topadi. Qolgan yevrokubok o‘rinlarini "Aston Villa", "Tottenxem" hamda "Chelsi" egallaydi. Kutilmaganda "Manchester Yunayted" sakkizinchi o‘ringa tushib qoladi. Bu degani esa joriy davr klub tarixidagi eng yomon mavsumga aylanadi va "qizil iblislar" yevrokuboklardan bebahra qolishini anglatadi.

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:02, 19.11.2023.
O'qildi: 8091 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.