Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Ten Xag: "Beshta o‘yinning to‘rttasida g‘alaba qozondik, bu bizga ishonch bag‘ishlaydi"

Ten Xag: "Beshta o‘yinning to‘rttasida g‘alaba qozondik, bu bizga ishonch bag‘ishlaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Biz burilish nuqtasini ko‘rdik, muay’yan vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lganimizni ko‘rdik, endi biz ushbu vaziyatlarga asoslanamiz. Endi biz bunga asoslanishimiz kerak, chunki bu katta oy.

Biz chindan ham ishonch bilan kutyapmiz, chunki Premyer-ligada hamma hammani mag‘lub eta oladi. Hech kimga oson o‘yin yo‘q, shuning uchun har bir jamoa ochko yo‘qotadi, lekin Premyer-liganing so‘nggi besh o‘yinida biz to‘rtta g‘alaba qozondik. Bu bizga ishonch bag‘ishlaydi.

Keyin bizni safarda "Galatasaroy" va "Nyukasl" bilan o‘yinlar kutib turibdi. Biz juda zich haftani boshlayapmiz - olti kun ichida uchta o‘yin. Guruh va jamoa sifatida biz buni hal qilishimiz kerak" - dedi Ten Xag.

"Manchester Yunayted" APLda 6-o‘rinda, to‘rtinchi o‘rindagi "Tottenxem"dan 5 ochko ortda qolmoqda. "Mankunianliklar" navbatdagi o‘yinini ertaga, 26 noyabr kuni "Everton"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:55, 25.11.2023.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик