"Tottenxem" o‘z futbolchisi bilan tuzilgan bitimni tugatishni istamoqda. Xabarlarga ko‘ra, London klubi Ugo Lyoris bilan xayrlashishni istaydi. 36 yoshli fransiyalik darvozabon bu mavsumda hali maydonga tushirilmadi.
Ayni damda u haftasiga 100 ming funt maosh olmoqda. Lyoris o‘rniga sotib olingan Vikario bu mavsumda 12 ta bahsda 15 ta gol o‘tkazib yubordi.