Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Barselona" tayanch yarim himoyaga kimni transfer qilish borasida bir qarorga keldi

"Barselona" tayanch yarim himoyaga kimni transfer qilish borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

"Real Sosyedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi "Barselona"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi.

Kataloniya klubi anchadan buyon tayanch yarim himoya pozisiyasini mustahkamlash niyatida. “Real Sosyedad” yetakchisi o‘tgan yozda kataloniyaliklar safiga qo‘shilishi mumkin edi, ammo “Barselona”da qimmat transferni amalga oshirish uchun mablag‘ yo‘qlik qildi. Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, amaldagi Ispaniya chempioni joriy mavsum yakunlanganidan keyin yana Subimendi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. 24 yoshli futbolchi "Barselona" uchun ustuvor variant sifatida belgilangan.

Transfermarkt ekspertlari Martin Subimendining narxini 40 million yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:43, 28.11.2023.
O'qildi: 2854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик