Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

OCHL. «Paxtakor» BAAda «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi

OCHL. «Paxtakor» BAAda «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan «Paxtakor» ketma-ket uch o‘yindan buyon ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lmoqda.

Maksim Shaskix jamoasi bugun Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Ayn" klubi mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar birinchi bo‘lim davomida ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, hisobni mezbonlar ochishdi. Bahsning 18-daqiqasida Eysa Halfan darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to‘pni darvozaga joyladi.

"Paxtakor"ning hujumlari esa ikkinchi bo‘limda o‘z samarasini bera boshladi. Saitov-CHeran-Erkinov kombinasiyasidan so‘ng  Hojimat yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Cheranning uzatmasidan keyin Erkinov yana raqib jarima maydoniga kirib bordi va bir himoyachini aldab o‘tib, ikkinchi golni urdi.

Dragan Cheran esa 78-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Xolmatovning uzatma/zarbasini legioner futbolchi raqib darvozasiga burib yubordi  1:3.

"Paxtakor" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 7 taga yetkazdi va yaqqol 2-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa 5 dekabr kuni o‘z maydonida Saudiyaning "Al-Fayha" klubini qabul qiladi. "Sherlar" mazkur o‘yinda g‘alaba qozonsa, pley-offga chiqish uchun boshqa guruhlarda 2-o‘rinni egallagan jamoalar natijasiga qaraydi.

Osiyo chempionlar ligasi - 2023. 5-tur. Al Ayn, BAA.
“AL-AYN” - “PAXTAKOR” - 1:3 (1:0)
Gollar: Eysa Xalfan (18) — Hojimat Erkinov (55, 62), Dragan Cheran (78)
Hakamlar: Adham Mahadmeh, Mustafo Kalaf, Ahmad Moannes (Iordaniya), Ryo Tanimoto (Yaponiya).
"Al-Ayn": Muhammad Busanda, Muhammad Shokir, Abbos Blushi, Kaku, Bandar Ahbabi, Sulton Said, Holid Ali, Jonatas, Mansur Shamsi, Traore, Eysa Xalfan.
"Paxtakor": Pavlyuchenko, Saitov, Azmiddinov, Hamraliyev, Sayfiyev, Asqarov, Xolmatov, Turg‘unboyev, Sobirxo‘jayev, Erkinov, Cheran.
Zaxira: Shevchenko, Quvvatov, Tursunov, O‘rinboyev, Xoldorxonov, Poyonov, Hamdamov, Saidnurullayev, Usmonov, Merk.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:08, 28.11.2023.
O'qildi: 2998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик