Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Samvel Babayan: “Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz juda yaxshi va biz ulardan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilamiz”

Samvel Babayan: “Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz juda yaxshi va biz ulardan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilamiz”

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi, “D” guruhi, 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugun Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. “Al-Hilol” deyarli ideal shakllangan jamoa. Bugun biz himoyada tartibli o‘yin namoyish etib, tezkor qarshi hujumga o‘tishni maqsad qilgandik. Ammo raqib xatoga yo‘l qo‘yishga majbur qildi. Fikrimcha, ikkinchi penalti qo‘yilgan vaziyat bahsli edi va so‘nggi qaror hakamga bog‘liq edi hamda u penalti belgiladi. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz juda yaxshi va biz ulardan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilamiz.

- Bugungi uchrashuvga asosiy tarkibni tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymadingizmi? Sababi biz qarshi hujumga tayanib o‘ynadik, demoqdasiz, ammo qanotda tezkor Doniyor Abdumannopov bugun zaxirada qoldirildi. Toma Tabatadze ham katta tezlikka ega futbolchi emas...

- Tarkibni bor futbolchilardan tanladim. Qanotda Ismoilov va Sobirjonovlar o‘ynashdi. Abdumannopov shamollab qolgandi va to‘liq tuzalishga ulgurmadi. U maydonga tushganida juda qiynaldi. Keyingi uchrashuvlarga qadar Doniyorning to‘liq sog‘ayib ketishiga umid qilaman. Yigitlar bugun yaxshi o‘ynashdi va ularga hech qanday e’tirozim yo‘q. Yana bir marotaba takrorlayman, biz Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. “Al-Hilol”ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish etishning iloji yo‘q. Masalan, milliy chempionat doirasidagi so‘nggi uchrashuvda “Al-Hilol” 9 ta gol urdi. Tasavvur qilyapsizmi, 9 ta!

- Abror Ismoilov bugun ancha agressiv harakat qildi. Ismoilovga siz ko‘rsatma berganmidingiz yoki uning o‘zi shunday o‘yin namoyish etdimi?

- Abror birinchi o‘yinda ham va bugun ham juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bugun bizga hujumlarni yakunlovchi futbolchi yetishmadi.

- Jamoani bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorladingiz, ammo o‘tgan o‘yinda jamoa mag‘lub bo‘ldi. Jamoaga barqarorlik yetishmayapti. Buning sababi nimada?

- Bizda uchrashuvlar soni juda ko‘p, ayniqsa, mavsum so‘ngida. Zaxira o‘rindig‘i ham bizga pand bermoqda. Ko‘proq rotasiya qilishim kerak, ammo zaxirada sifatli o‘yinchilar yetishmayapti. Futbolchilar ham mavsum so‘ngida charchashgan. Qo‘shimchasiga ko‘p futbolchilar kuzda shamollab qolishdi.

- Rotasiya haqida gapirdingiz. Lekin bizningcha, “Nasaf”, “Paxtakor” kabi azaliy raqiblar bilan solishtirsak, “Navbahor”ning zaxira o‘rindig‘i eng kuchlisi. Aynan qaysi pozisiyalarda sizga o‘yinchilar yetishmayapti?

- Zaxirada yosh futbolchilar o‘tirishibdi. Yoshlar jamoasida o‘ynaydigan o‘yinchilarimiz o‘z musobaqasida so‘nggi o‘rinda borishmoqda. Ular hali Chempionlar ligasiga tayyor emas. Chempionlik darajasiga mos futbolchilarni jalb etishimiz kerak" - dedi Babayan.

Kiritildi: 10:08, 29.11.2023.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.