Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Paxtakor» va «Nasaf» kelasi mavsumda qanday musobaqalarda qatnashadi?

«Paxtakor» va «Nasaf» kelasi mavsumda qanday musobaqalarda qatnashadi?

Baho:
+ | -

Kelasi mavsumdan (2024/2025) yangi tashkil etiladigan OFK Elita chempionlar ligasining final bosqichi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Saudiya ketma-ket besh mavsum davomida final bosqichini o‘zida qabul qiladi. Final bosqichida chorak final, yarim final va final bahslari o‘tkaziladi.

O‘zi bu qanday musobaqa?

OFK ham UYEFAdan andoza olgan holda yangi musobaqa tashkil etmoqda — Elita Chempionlar ligasi.

Unda qit’aning eng kuchli 24 klubi ishtirok etadi — G‘arbda 12, Sharqda — 12 ta. Har bir mintaqa bittadan guruh bo‘ladi. Kelasi mavsumda O‘zbekiston nomida ushbu turnirda "Paxtakor" ishtirok etadi (amaldagi chempion sifatida).

Har bir jamoa guruhda 8ta o‘yin o‘tkazadi (4 ta uyda, 4 ta safarda). Qaysi turda qaysi klub bilan raqib bo‘lishni esa qur’a aniqlab beradi. Shunisi aniqqi, ikki klub o‘zaro bir marta to‘qnash kelishi mumkin. Ba’zi jamoalar esa guruh bosqichida to‘qnash kelmasligi ham mumkin. Dastlabki 6 ta tur o‘yinlari 16 sentyabr - 4 dekabr oralig‘ida o‘tkazilsa, 7 va 8-tur bahslari 2025 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi.

Har bir guruhdan 8 tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Nimchorak final bosqichi (2 ta o‘yin) mart oyiga belgilangan. Final bosqichi esa 25 aprel - 4 may kunlari oralig‘ida Saudiyada o‘tkaziladi.

Chempion 12 million dollar, finalchi esa 6 million dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. Bu musobaqada O‘zbekiston sharafini "Paxtakor" himoya qiladi.

OCHL-2 haqida

"Nasaf" esa O‘zbekiston kubogi g‘olibi sifatida Osiyo chempionlar ligasi-2 (OCHL-2) musobaqasida ishtirok etadi.

Mavsum-2024/2025da ushbu musobaqaning guruh bosqichida 32 jamoa ishtirok etadi — G‘arbda 16, Sharqda — 16.

"Nasaf" to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadi. Bu turnir klassik formatda o‘tkaziladi. Jamoalar 8ta guruhga bo‘linadi va raqiblar uy-safar  tizimida o‘zaro ikki martadan o‘ynab chiqadi. Guruh bosqichi sentyabr - dekabr oylari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Guruh bosqichi yakunida ikkitadan jamoa pley-offga chiqadi. U yog‘i bizga tanish bo‘lgan formatda davom etadi. Har bir bosqich — nimchorak final, chorak final va yarim final ikkitadan o‘yindan iborat bo‘ladi (uy va safar). Final esa bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Nimchorak final — 11-13 va 18-20 fevral
Chorak final — 4-6 mart va 11-13 mart
Yarim final — 8-9 aprel va 15-16 aprel
Final — 17 may.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 11:20, 02.12.2023.
O'qildi: 14463 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.