"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Ris Jeymsning hozirgi formasidan norozi ekanini aytdi. Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” bilan o‘yinda ingliz futbolchisi ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi. "Brayton"ga qarshi o‘yinda sardor o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.
“U bosqichma-bosqich formasini yaxshilamoqda. "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda ikkinchi sariq kartochkasini olganida biroz charchagandi. Ris o‘zining eng yaxshi formasidan uzoq ekanini tushungan. U juda qattiq ishlaydi. "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani Jeyms uchun achinarli", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Jeyms joriy mavsumda Premyer-ligada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.