Italiyaning amaldagi chempioni «Napoli» o‘z maydonida «Inter»dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Valter Matsarri jamoasi o‘z darvozasidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi - «Napoli»ning joriy mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyati (lekin bu yil emas - aprelda «Milan»dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni eslang).
Klub murabbiyi o‘yindan so‘ng jurnalistlarga intervyu bermadi va uning atrofidagilar bunga hakamlarning ba’zi qarorlaridan norozilik – xususan, Osimxenga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun hakamlar tomonidan belgilanmagan penalti sabab bo‘lganiga sha’ma qilishdi.