Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yevro-2024. «O‘lim guruhi» va boshqa holatlar

Yevro-2024. «O‘lim guruhi» va boshqa holatlar

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quyida natijalar haqida fikr yuritamiz.

«A» guruhi: Germaniya, Shotlandiya, Vengriya, Shveysariya

Turnir mezbonlari Germaniya terma jamoasiga ochig‘i qur’a ham omad keltirdi. So‘nggi paytlarda Bundestim unchalik kuchli ko‘rinmayapti va ko‘pchilik muxlislar bu jamoaning kuchli raqiblar bilan bir guruhga tushib, pley-offsiz qolishi mumkinligidan qo‘rqishdi. Endi Yulian Nagelsmann jamoasi bemalol nafas olishi mumkin. Nemislar nafaqat pley-offga ko‘zga ko‘rinarli muammosiz chiqishlari, balki birinchi o‘rinni ham egallashlari kerak. Shotlandiya, Vengriya va Shveysariyani hurmat qilgan holda aytish mumkinki, nemislarning endi ikkinchi o‘rinni olishga haqlari yo‘q. Ularning tajribasidan kelib chiqqan holda, Shveysariya ham birinchi o‘rin uchun kurashib ko‘radi. Biroq ularga bo‘ysunmas shotlandlar va jasur vengerlar xalaqit qilishga harakat qiladi. Ikkinchi bo‘lmasa ham, kamida uchinchi o‘rindan chiqishga ishonishlari mumkin.

B guruhi: Ispaniya, Xorvatiya, Italiya, Albaniya

Ehtimol, bu «o‘lim kvarteti». Ispaniya yevro favoritlaridan biri sanaladi, italiyaliklar chempionlikni himoya qilishga tayyor bo‘lishadi, xorvatlar esa har doim jangari. Albaniya qog‘ozda autsayderga o‘xshaydi, ammo «qorong‘u ot» roliga asosiy da’vogar hisoblanadi. Italiyaliklarning hozirgi holatini hisobga olsak, guruhda sensasiya bo‘lishi mumkin. Yetakchilari qarigan xorvatlar esa unchalik qo‘rqinchli ko‘rinmaydi, biroq hamma «shashkachilar»ning xarakterini biladi.

C guruhi: Sloveniya, Daniya, Serbiya, Angliya

Inglizlar, xuddi nemislar kabi, guruhda omadi chopgan ko‘rinadi. Qolgan uch raqibning hech biri Yevroda muvaffaqiyatga erisha oladigan jamoaga o‘xshamaydi. Oxirgi Yevroning kashfiyotiga aylangan Daniya terma jamoasi hali keyingi qadamni tashlagani yo‘q, serblar an’anaga ko‘ra final qismida kuchsiz ko‘rinadi, slovenlar esa, prinsipial jihatdan kuchli jamoa emasdek. To‘g‘ri, Bolqon yarim oroli jamoasining guruh bosqichidagi uchrashuvi ularning Yevro-2000dagi epik qarama-qarshiligi haqidagi xotiralarni esga soladi. Qanday bo‘lmasin, slovenlar, serblar va daniyaliklar britanlardan keyingi o‘rinlar uchun kurashadi. 

D guruhi: Pley-off g‘olibi A*, Niderlandiya, Avstriya, Fransiya

*Polsha/Uels/Finlyandiya/Estoniya

Agar polyaklar muvaffaqiyat qozonishsa, bu yerdagi kurash ham qiziqarli bo‘ladi. Fransuzlar, albatta, yaqqol favoritdek ko‘rinadi, ammo ikkinchi o‘rin uchun ham jang jiddiy bo‘lishi mumkin. Niderlandiya kichik inqirozdan so‘ng top jamoalar safiga qaytdi, avstriyaliklar esa jadallik bilan o‘sishmoqda. Agar polshaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu yerga kelib qo‘shilsa, Robert Levandovski o‘zini ko‘rsatish uchun hamma narsani qiladi, chunki bu uning terma jamoa darajasida nimadir qilish uchun so‘nggi imkoniyati bo‘ladi.

E guruhi: Belgiya, Slovakiya, Ruminiya, pley-off g‘olibi B**

**Isroil/Bosniya va Gersegovina/Ukraina/Islandiya

Jamoalar xafa bo‘lishmasin, lekin bu guruh o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib boradigan odam bo‘lmasa kerak. Hatto tanazzulga yuz tutgan Belgiya terma jamoasi ham Yevroda biror narsaga erisha oladigan jamoaga o‘xshamaydi. Albatta, Kurtua, De Bryuyne, Lukaku va yosh Doku katta muxlislar armiyasiga ega, ammo baribir bu jamoa favorit hisoblanmaydi. Shu bilan birga, belgiyaliklar guruhdan osongina chiqishlari ham mumkin, bu yerda hech kim ularga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaydi. Ushbu kvartetdagi ikkinchi o‘rin «D» guruhi vise-g‘olibiga ro‘baro‘ bo‘lishini hisobga olsak, bu Domeniko Tedesko shogirdlarining imkoniyatlarini yanada kamaytiradi. 

F guruhi: Turkiya, C*** pley-off g‘olibi, Portugaliya, Chexiya

***Gruziya/Gresiya/Qozog‘iston/Lyuksemburg

Qur’a natijasini inobatga oladigan bo‘lsak, hatto pley-offdan o‘tgan jamoa ham ushbu kvartetdan bemalol keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Portugallar favorit, Turkiya va Chexiya esa o‘z navbatida boshqa raqiblardan unchalik kuchliroq jamoalar emasdek. Shu ma’noda Gruziya, Gresiya, Qozog‘iston va Lyuksemburg terma jamoalari futbolchilari pley-off o‘yinlaridan so‘ng kuchayib boraveradi. 

Kiritildi: 19:56, 04.12.2023.
O'qildi: 2768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.