Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bugun Adham Ikramov boshchiligida Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, Vazirlik tizimidagi hududiy bo‘limlarning vakillari ishtirok etishdi. Sport federasiya va assosiasiyalarining mas’ullari mazkur tadbirda MOQ Majlislar zalidan zum platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan Hay’at yig‘ilishida Adham Ikramov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifasi inson qadrini ulug‘lash ekanligini ta’kidlab, o‘tgan yildan boshlab, har chorakda sohaga oid eng muhim topshiriqlarning ijrosini reyting orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, bu tizimdagi xodimlarining mas’uliyati va ish samaradorligiga baho berishga yetarli bo‘layotganligiga to‘xtaldi.

Yig‘ilish davomida Respublikamizda ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan «Besh tashabbus Olimpiadasi» loyihasining yangi bosqichini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi. O‘z navbatida, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish choralar ko‘rildi va bu borada ijrochilarga kerakli topshiriqlar berildi.

Tadbirda terma jamoalarimizning professional sportda erishayotgan yutuqlari tahlil qilib o‘tildi. Xususan, joriy yil davomida o‘tgan MDH o‘yinlari, Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasining qayd etgan yuqori natijalari tilga olindi. Mazkur musobaqalarda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarning viloyatlar kesimidagi tahliliga alohida to‘xtalib o‘tildi. Natijadorligi past bo‘lgan hududlarning mas’ullariga seleksiya ishlarini kuchaytirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

A.Ikramov Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, shuningdek, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ham fikr bildirdi. Vazir har bir terma jamoaning litsenzion musobaqaga puxta hozirlik ko‘rishi uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. O‘z navbatida, federasiyalar mas’ullari olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlar, sportchilarning holati haqida ma’lumot berishdi.

Yig‘ilish davomida yuklatilgan vazifalar ijrosida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan ayrim tizim xodimlari lavozimidan ozod etildi. Ba’zi xodimlar esa jiddiy ogohlantirildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:23, 06.12.2023.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.