Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Vinisius «Real» rahbariyatiga shart qo‘ydi: U tarkibda «tozalash» ishlarini talab qilmoqda

Vinisius «Real» rahbariyatiga shart qo‘ydi: U tarkibda «tozalash» ishlarini talab qilmoqda

Baho:
+3 | -

Vinisius Juniorning madridlik «Real»dagi faoliyatini davom ettirishi jamoadagi tarkibiy o‘zgarishlar va taktik qayta qurishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda «El Nacional» nashri xabar bermoqda.

Futbolchi klub rahbariyatiga shuni tushuntirdiki, uning Madridda qolishi faqatgina o‘z o‘yin ambisiyalari va uslubiga mos keladigan chuqur tarkibiy islohotlar amalga oshirilgan taqdirdagina mumkin.

Xabar qilinishicha, Vinisius jamoa hujum chizig‘ining so‘zsiz yetakchisiga aylanishni niyat qilgan. Buning uchun, uning fikricha, hujumdagi rollar taqsimotini, ayniqsa Rodrigo bilan raqobat tufayli imkoniyatlari cheklanib qolayotgan chap qanotdagi vaziyatni qayta ko‘rib chiqish zarur. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchi yosh hujumchi Endrik Felipening tarkibga kiritilishi orqali hujum chizig‘i kuchayishini ijobiy baholamoqda.

Bundan tashqari, manbaning xabariga ko‘ra, Vinisius klub oldiga qo‘yilgan vazifalar darajasida yetarlicha foyda keltirmayotgan bir qator futbolchilar bilan xayrlashishni zarur deb hisoblaydi. Bunday futbolchilar qatorida David Alaba, Dani Sebalyos va Fran Garsiya nomlari tilga olingan.

Vini 2018 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda va bu vaqt ichida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Madrid klubi tarkibida u 10 dan ortiq sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, ikki bor Chempionlar ligasi, uch bora La Liga g‘olibligi, shuningdek, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Ispaniya Kubogida zafar quchgan.

Kiritildi: 23:11, 26.02.2026.
O'qildi: 15391 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.