Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Ouen "Manchester Yunayted"ni juda qattiq tanqid qildi

Ouen "Manchester Yunayted"ni juda qattiq tanqid qildi

Baho:
+ | -

Sobiq hujumchi Maykl Ouen "qizil iblislar"ning "Bornmut"dan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng (0:3) "Manchester Yunayted"ni tanqid qildi.

“Hozir “Manchester Yunayted”da yaxshi narsa ko‘rmayapman. Ular Liga kubogidan chiqib ketishdi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka yaqin turibdi. Jamoaning bu mavsumda Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘q. O‘rtacha xaridlar, hayratlanarli mag‘lubiyatlar, bosh murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi janjal, tarkibning noto‘g‘ri tanlanishi...

Hamma narsa o‘zgarishi kerak. Hozirgi jamoa umuman yaxshi emas. Navbatda “Bavariya”, keyin esa “Liverpul”ga sayohat”, — deyiladi Ouenning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

"Manchester Yunayted" 27 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:48, 10.12.2023.
O'qildi: 2275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик