Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Bundesligadagi Bundesjamoa

Bundesligadagi Bundesjamoa

Baho:
+ | -

18 g‘alaba, 2 durang va 0 mag‘lubiyat - Xabi Alonso «Bayer»ining joriy mavsumdagi monstrlarga xos natijasi.

«Dorishunoslar»ning boshqalardan farqli jihatlaridan biri - metindek mustahkam asosiy tarkib. Bundesliga doirasida rotasiya yo‘q hisobida. Muvaffaqiyatning bosh me’mori murabbiy ekanligiga shak-shubha yo‘q. Biroq uni maydondagi ijrochilar ro‘yobga chiqaradilar. Keling, ular bilan bafurja tanishib chiqaylik.

Lukash Gradeski - darvozabon

Statistik fakt: ichki chempionatda Lukash tahliliy taxminga nisbatan 2,4ta kamroq gol o‘tkazib yuboradi. Bu borada «Dortmund» posboni Gregor Kobeldan keyin 2-o‘rinda.

Alonsoning ta’siri: Gradeski o‘yinidagi pasayish to‘xtadi. Xabiga qadar tobora ishonchsiz o‘ynayotgandi - xatolar ko‘payib, seyvlar kama­yib ketgandi. Lekin Lukashni aynan yangi murabbiy mohir posbonga aylantirgan emas - sobiq jamoadoshi Andrey Lunevning aytishicha, Xavi darvozabonlar bilan shug‘ullanmaydi, bu vazifani yordamchilariga yuklagan. Biroq Xabi raqobatni va’da qilgandi. Lunev doimiy zaxira posboni, Gradeskining yangi o‘rindoshi Matey Kovarj yevrokuboklar va Germaniya Kubogi o‘yinlarida maydonga tushadi.

Hayotiy voqealar: Alonso finlyandiyalik posbonga quyidagicha topshiriq bergan: Lukash yangi o‘yinchilarga jamoa muhitiga moslashishlarida yordam beradi.

Edmond Tapsoba - markaziy himoyachi

Statistik fakt: Edmond uzatmalar orqali harakatlanish bobida Bundesligadagi 2-markaziy himoyachi. 1-o‘rin Kim Min Chjega tegishli.

Alonsoning ta’siri: burkina-fasolik maymoqoyoq pozision hujumlarda ham, tezkor qarshi hujumlarda ham yaxshi o‘ynaydi. Ba’zan xatolar ham bo‘lsada, ijobiy harakatlari ko‘p. Xabi uni tayanch hududida ham sinab ko‘rdi, eksperiment muvaffaqiyatli o‘tdi.

Hayotiy voqealar: qit’adoshlaridan farqli ravishda, Tapsoba Fransiyaning nufuzli akademiyasida tahsil olmagan. U 14 yoshgacha Burkina-Faso ko‘chalarida to‘p tepgan, keyin mahalliy futbol-internat e’tiboriga tushgan. 19 yoshgacha Edmond o‘sha yerda tahsil olib, nafaqa puli bilan ota-onasiga yordam bergan. 19ga chiqqunga qadar Edmond internatda yashadi. O‘sha yerda uni agent Deku ko‘rib qoldi va Portugaliyaga o‘tishiga yordam berdi. 3 yil ichida Tapsoba Bundesliganing 2020/21 yillar mavsumidagi eng yaxshi himoyachisi darajasiga ko‘tarildi. Pandemiya davrida futbolchi jonajon shahri bo‘lmish Uagadugu aholisiga niqoblar, qo‘lqoplar va dezinfeksiya anjomlarini ehson qilish bilan yordam berdi.

Jonatan Ta - himoyachi

Statistik fakt: havodagi yakkakurashlarda ustunlik bo‘yicha Bundesligada 2-o‘rinda (81 foiz). Undan yaxshiroq natijani «Shtutgart» vakili Dan-Aksel Zagadu qayd etmoqda.

Alonsoning ta’siri: «Xarri Maguayr» brendining muzlatkichi bo‘lgandi, «Ruben Diash» brendida shkafga aylandi. Yana burchak zarbalaridan gol ura oladi. Aytishicha, Alonso davrida «Ba­yer» 11 yoshlilar jamoasiga aylangan. Mashg‘ulot paytida Xabi futbolchi roliga o‘tib, shogirdlariga bergan ko‘rsatmalarini amalda ijro etarkan.

Hayotiy voqealar: yozda qandaydir agent Klaudio Begani 20 oyga shartli qamoq jazosiga hukm qildi. U o‘zini Taning agenti, deb tanishtirib, futbolchini «Bayer»dan olgan maoshidan tovon to‘lashga majbur etgan, bermasa oyog‘ini otib tashlash va yaqinlariga hujum qilish bilan qo‘rqitgan.

Odilon Kossunu - markaziy himoyachi

Statistik fakt: markaziy himoyachilar o‘rtasida Bundesliganing eng yaxshi dribling sohibi. 11ta samarali aldab o‘tishning 6tasini u «Bavariya»ga qarshi o‘yinda namoyish etgan.

Alonsoning ta’siri: «Bayer» Kossununi «Bryugge»dan 23 mln. yevroga xarid qilganida, ikki jamoadoshi undan qimmatroq edi. Boz ustiga, hayratomuz kuch-quvvatga ega Odilon himoyalanishni umuman bilmasdi. Ko‘pincha u yarim yo‘lda to‘xtab qolar, dribling qo‘llamoqchi bo‘lgan raqiblariga qo‘pollik ishlatardi. Alonso Kossunu o‘yinini tubdan o‘zgartirdi. Endi u ulkan titan, kontrpressing monstri. Hujum paytida raqib jarima maydonchasigacha boradi, to‘pni yo‘qotganida uzun oyoqlari yordamida tezda qaytarib oladi. Odilon maydonda bo‘lsa, «Bayer»ning o‘yinlari faqat bitta darvoza tomonida bo‘ladi.

Hayotiy voqealar: Kossunu xuddi Tapsoba kabi futbol ilmini Afrikada o‘rgandi. Lekin o‘ta obro‘li maskanda - u Kot-d~Ivuarning eng sovrindor klubi «ASEK Mimozas» akademiyasida tahsil oldi. Yaya Ture, Jervinyo va Emmanuel Ebue kabi afsonalar Odilonning o‘tmishdoshlari.

Aleks Grimaldo - chap Qanot laterali

Statistik fakt: top-5 ligalarning eng sermahsul (7+4) qanot himoyachisi. Bu faqat Bundesligadagi natijasi. U YELda 2+1 va Germaniya Kubogida bitta assistga ega.

Alonsoning ta’siri: hatto «Benfika»dagi 8 mavsumning birortasida Aleks chempionatda 5tadan ortiq gol ura olmagan. Endi 13ta turda 7ta gol.

Hayotiy voqealar: Lamin Yamalga qadar Grimaldo «Barselona»da debyutini nishonlagan eng yosh futbolchi edi. To‘g‘ri, u «Barsa B»ga keldi va asosiy tarkibga jalb etilmadi. Balki oyog‘idagi jarohat xalal bergandir. Lekin faqat shu emas. «Enrike hech qachon men bilan gaplashmagan, biror marta ham ko‘rishmaganmiz», - degandi Aleks ikkinchi jamoada yurgan paytida. Boshqa futbolchilar elitaga o‘tib ketishdi, Grimaldo o‘tmadi. Enrikega oid ochiq gapirgani uchun Aleksni hatto asosiy jamoaning mashg‘ulotlariga ham chaqirmay qo‘­yishdi.

Jeremi Frimpong - o‘ng Qanot laterali

Statistik fakt: top-5 ligalarning ikkinchi eng sermahsul (3+5) qanot himoyachisi.

Alonsoning ta’siri: uzil-kesil eng yaxshi hujumkor laterallarning biriga aylandi. Hozir Xabi Jeremini to‘pdan tezroq forig‘ bo‘lishga o‘rgatmoqda - ijobiy siljish bor. Joriy mavsumga qadar Jeremi bilan juftlikda to‘p surgan, qarshi hujumda eng xavfli duet maqomini olgandi. Endi Mussa yo‘q. Andrey Lunev mavzuga qisqacha izoh berdi: Diabisiz o‘ng qanotning hujumkorlik salohiyati kamayib qolmadi. Yolg‘iz qolgan Frimpong uddalayapti. Shunday ekan, bitta o‘yinchi qila olgan ishga ikkinchisi kerak emas.

Hayotiy voqealar: golland tilini bilmaydigan golland. Frimponglar oilasi Niderlandiyani Angliyaga o‘zgartirganda Jeremi 7 yoshda edi. U yerda uzoq vaqt «Manchester Siti» akademiyasida tahsil oldi, «Seltik»ka, keyin «Bayer»ga yo‘l oldi. Uning ota-onasi ganalik emigrantlar, Niderlandiyada ham o‘z tillarida muloqot qilishgan. Lekin futbolchi o‘zi tug‘ilgan mamlakat sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rdi.

Granit Jaka - markaziy yarim  himoyachi

Statistik fakt: oldingi chiziqqa yo‘llangan uzatmalar (127) bo‘yicha top-5 ligalar yetakchisi.

Alonso ta’siri: Alonso jamoasida Alonso rolining ijrochisi. Poydevor, karkas, skelet, «Bayer»ning pozision hujumlari kafili. Atrofida top-jamoa shakllanadigan top-o‘yinchi.

Hayotiy voqealar: agar sizni nima uchun Jaka «Manchester Siti»ni taxtdan qulatish orzusidagi «Arsenal»ni YECHLdan chetda qolgan «Bayer»ga alishtirgani ajablantirgan bo‘lsa, Granitdan jo‘ya­li javobga umid qilmang: «Men yuksak cho‘qqilarni zabt etishni rejalashtirgan top-klubga o‘tdim». OAVning taxmini - Granitning rafiqasi Leonita Lekay pozisiyasi. U Menxengladbaxda tug‘ilgan va mahalliy «Borussiya» safida to‘p surayotgan Jaka bilan tanishgandi. Leverkuzen esa Gladbaxga juda yaqin.

Eksekiel

Palasios - markaziy yarim himoyachi

Statistik fakt: kontrpressing (32) bo‘yicha Bundesliga peshqadami.

Alonso ta’siri: doimiy shikastlanishlardan forig‘ bo‘ldi va Jaka bilan ideal juftlikka aylandi. Palasios - saviyali zamonaviy yarim himoyachi: himoya ilmini puxta egallagan, uzatmalari aniq, «Bayer»ning shtatli penaltichisi - 5ta zarba, 5ta gol.

Hayotiy voqealar: yaqingacha futbolchi 3 nafar qizlar - model, raqqosa va manikyur o‘rtasida talash bo‘lgandi. Ayni pallada Palasios ular bilan o‘zaro munosabatlarni to‘xtatgan.

Florian Virts - 1-raQamli o‘nlik

Statistik fakt: top-5 ligalarda 2023 yilning eng yaxshi assistenti - 18ta samarali uzatma.

Alonso ta’siri: Xabi Florianga Messi faoliyatidan misollar keltirish orqali saboq beradi: «Nima uchun Leo shunchalik mashhur? Chunki u kerakli uzatmani qanday va qachon amalga oshirishni biladi: «Sen eng yaxshi pozisiyadamisan? Mana, to‘pni egalla». Pas doimo tomoshabop bo‘lishi shart emas. U eng yaxshi, aqlli uzatma bo‘lishi lozim. Florian Messidek o‘ynashga qodir». Hozirda Virts Bundesliganing eng yorqin o‘yinchilaridan biri, terma jamoaning yangi yetakchisi, dunyodagi eng sara futbolchilardan biri bo‘lishi mumkin.

Hayotiy voqealar: «Bolaligimdan har kuni futbol o‘ynardim. Otam, o‘rtoqlarim bilan, keyin maktabda va akademiyada. Futbol - mening doimiy mashg‘ulotim».

Yonas Xofmann - 

2-raQamdi o‘nlik

Statistik fakt: zarbaga olib kelgan harakatlar bo‘­yicha Bundesligada 2-o‘rinda (Leroy Sanedan keyin).

Alonso ta’siri: «Bayer»­ning pozision hujumlari ramzi. Uni «Gladbax»dan 10 mln. yevroga xarid qilishgandi. Jamoasi mavsumni 10-o‘rinda yakunlagan bo‘lsada, Yonas sermahsul o‘yin ko‘rsatgandi: 12+9. U 55 mln. yevroga «Aston Villa»ga sotib yuborilgan Diabi o‘rnini to‘ldirdi.

Hayotiy voqealar: Xofmann faqat futbol bilan kifoyalanib qolmaydi, basketbol, gandbol, golf va dartsni yoqtiradi. Shuningdek, sayohat shinavandasi.

Viktor Bonifase - 

hujumchi

Statistik fakt: top-5 ligalarning eng ko‘p tepuvchi futbolchisi - 60ta zarba.

Alonso ta’siri: zamonaning eng original o‘yinchisiga erk berdi! Viktorni vaziyatlardan unumli foydalanmaslikda ayblash mumkin bo‘lsada, gol urmagan o‘yinlarida ham u sehrli uslubda to‘p suradi. 12ta o‘yinda 8ta gol va 5ta esa, yomon natija emas.

Hayotiy voqealar: Bonifase dekabrda 23ga to‘ladi. Lekin 18 va 19 yoshida ikki marta mushak paylaridan jarohat olib, 535 kunni maydon tash­qarisida o‘tkazdi. Taajjubki, «Bayer»da juda ko‘p o‘yinchilar shunday shikastlanishga duch kelishgan: Jaka 16 yoshida, Grimaldo 17, Virts 18, Fosu-Mensa 19 va 23 yoshida.

Xolis muxlis sifatida mavsumda peshqadamlik qilayotgan «dorishunoslar» har xil jarohatlardan yiroq bo‘lishlariga tilakdoshmiz.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:10, 10.12.2023.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.