Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

Haftaning asosiy transfer yangiliklari

Haftaning asosiy transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yevropada transfer oynasi hali ochilgani yo‘q, ammo potensial kelishuvlar haqidagi ma’lumotlar allaqachon faol paydo bo‘lmoqda. Ba’zi klublar bilan bog‘liq ko‘plab mish-mishlar bor. Masalan, "Manchester Yunayted" va "Bavariya" allaqachon bitta shartnomani yakunlagan. Biz siz uchun o‘tgan haftadagi eng qiziqarli transfer yangiliklarini to‘pladik.

“Real” Xoland-Mbappe juftligidan futbolchini tanladi

BolaSport xabariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish g‘oyasidan voz kechdi. Buning o‘rniga madridliklar "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning transferi bilan shug‘ullanadi. Aynan norvegiyalik futbolchi 2024 yilning yozida "Real"ning asosiy maqsadiga aylanadi. Mbappe bilan transfer dostoni esa o‘z nihoyasiga yetadi. "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresning qarori qanchalik to‘g‘ri?

"Barselona" ijaraga olingan yulduzlarini saqlab qolmoqchi

"Barselona" "Manchester Siti"ning ijaraga olingan himoyachisi Joau Kanselu va "Atletiko" hujumchisi Joau Feliks bilan to‘liq shartnoma imzolaydi. Bu haqda kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.

Ten Xag Sanchodan qutulish yo‘lini topdi

"Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari katta shartnoma tayyorlamoqda. Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, 8 dekabr kuni klublar vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan va unda mankunianliklar vingeri Jeydon Sanchoni germaniyalik hujumchi Doniyel Malenga almashish masalasi muhokama qilingan. "Borussiya" "Manchester Yunayted"dan Malen uchun 30 million yevro yoki Sanchoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirishni talab qilmoqda.

“Manchester Yunayted” bir guruh yulduzlar bilan ajraladimi?

Independent nashrining xabar berishicha, "Yunayted" qishda o‘z yulduzlari bilan xayrlashishga tayyor. Klub Sanchodan tashqari, himoyachi Rafael Varan va himoyachi Kazemironi sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Qayd etilishicha, murabbiy Erik ten Xagning braziliyalik bilan muammosi yo‘q, biroq u boshqa turdagi yarim himoyachini ko‘rmoqchi. Shu bilan birga, “Manchester Yunayted” boshqa jamoa futbolchilari bo‘yicha ham takliflarni tinglashga tayyor.

"Real Madrid" va "Bavariya" kuchli shartnoma tayyorlamoqda

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Real"ga o‘tishi mumkin, ammo buning evaziga myunxenliklar madridliklar vingeri Rodrigoni qo‘lga kiritmoqchi, deya xabar beradi Defensa Central Nemis klubi "Real Madrid" Devisni 2024 yilda sotib olishni maqsad qilganini biladi. "Bavariya" Madridga Rodrigoni almashtirishni taklif qilishga tayyor.

“Bayer” yetakchisi uchun uchta gigant kurash olib boradi

"Manchester Siti", "Liverpul" va "Bavariya" "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virtz uchun kurashadi, deya xabar beradi 90min. Qayd etilishicha, “shaharliklar” skautlari allaqachon 20 yoshli futbolchini leverkuzenliklar o‘yinlaridan birida tomosha qilishgan. Biroq, “Bayer” mavsum oxirigacha Virs bilan xayrlashmoqchi emas. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning taxminiy narxi 85 million yevroni tashkil qiladi. Balki katta taklif "Bayer"ning kayfiyatini o‘zgartirishi mumkin.

Tuxel "Barselona" himoyachisini mo‘ljal qilgan

Sky Sports Germany ajoyib yangiliklar bilan bo‘lishdi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni Myunxen klubiga o‘tishga ko‘ndirgan. Suhbatda Myunxen sport direktori Kristof Fryond ishtirok etdi. Tuxel urugvaylik himoyachiga uning o‘yin sifati kerakligini va Arauxoning kelayotgan qishda "Bavariya"ga o‘tishiga qiziqayotganini aytdi. Biroq, Tomas Arauxonni 2024 yilning yozida sotib olish varianti ham maqbul ekanligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” markaziy himoyachilarning kadrlar taqchilligini boshdan kechirmoqda. Shuning uchun myunxenliklar bu pozisiyani mustahkamlash uchun ustuvor vazifa deb hisoblaydi.

"Nyukasl" jarohat olgan Poupni "Manchester Yunayted" afsonasi bilan almashtiradimi?

"Nyukasl"da jarohat bilan bog‘liq muammolar bor. Ulardan biri darvozabon Nik Poupning jarohati. Angliyalik futbolchi yelkasidagi jarohat tufayli may oyiga qadar safdan chiqqan. David de Xea qishda Poupni almashtirishi mumkin! Bu haqda Daily Mail. xabar bermoqda. De Xea - "Nyukasl" ko‘rib chiqayotgan potensial variantlardan biri. Agar futbolchi maoshini kamaytirsa, ispaniyalikning "magpiylar"ga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

"Bavariya" Brayan Saragosani sotib olganini e’lon qildi

"Bavariya" kutilmaganda transferini e’lon qildi. Bundan ham hayratlanarlisi, nemislar “Granada”ning 22 yoshli vingeri Brayan Saragosani sotib olishdi. Kelishuv 15 million yevroga teng bo‘lib, futbolchi kelasi yozda myunxenliklar safiga qo‘shiladi. Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 07:34, 12.12.2023.
O'qildi: 5581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.