Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Superkompyuter YECHL qur’asidan keyin turnirda kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi: "PSJ" va "Real" favoritlar emas

Baho:
+ | -

Kecha, 18 dekabr kuni Yevropaning eng kuchli xalqaro musobaqasi bo‘lmish Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Unda guruhdan chiqqan 16 ta jamoa o‘zlarining raqiblari nomini bilib olishdi. Unga ko‘ra, Angliya va qit’a chempioni "Manchester Siti" nimchorak final bosqichida Daniyaning "Kopengagen" klubi bilan to‘qnash keladi. Angliyaning turnirdagi ikkinchi vakili bo‘lmish "Arsenal" esa "Portu" bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. APLning boshqa ikki jamoasi – "MYU" hamda "Nyukasl" yevrokuboklar bilan guruh bosqichidayoq xayrlashgan edi.

Qur’a tashlanganidan keyin superkompyuter jamoalarning imkoniyatlarini chamalab ko‘rdi. Algoritmlar asosida ishlaydigan mashina, guruh bosqichidagi natijalarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldiki, joriy mavsumning ham chempioni "Manchester Siti" bo‘ladi. Qayd etilishicha, Pep Gvardiola jamoasi musobaqani yutish uchun 49 foiz imkoniyatga ega.
Keyingi o‘rinni Xarri Keyn va uning "Bavariya"si egallab turibdi. Myunxenliklarga sun’iy intellekt 18 foiz imkoniyat taqdim etgan. Shuningdek, kuchli to‘rtlikdan 14 foiz bilan Madridning "Real" klubi hamda "Arsenal" o‘rin egalladi. Ularda mos ravishda 14 va 9 foizlik imkoniyatlar mavjud. Ajablanarlisi, "Arsenal" "PSJ"dan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etib turibdi.

"Arsenal" so‘nggi bor YECHL pley-offida 2017 yilda ishtirok etgan. Ammo Arsen Venger davrida ham bu jamoaga turnirni yutish nasib etmagandi. Xususan, londonliklar 2010 yildan buyon YECHLda nimchorak finaldan uyog‘iga o‘ta olishmaydi.
"Manchester Siti"da esa vaziyat ancha yaxshi. "Shaharliklar" YECHLning so‘nggi 3 ta finalidan ikkitasida ishtirok etdi. Gvardiola jamoasida titulni ketma-ket yutish imkoniyati bor. Agarda shunday bo‘lsa, "Manchester Siti" bu ishni bajargan tarixdagi ikkinchi ingliz klubiga aylanadi. Ilk bor ushbu hodisa 1979 hamda 1980 yillarda "Nottingem Forest" bilan yuz bergandi.
"Manchester Siti" oxirgi marta nimchorak finalda 2016/17 yil, Gvardiolaning ilk mavsumida qoqiladi.

YECHLning joriy bosqichida, shuningdek, "Bavariya" va "Lasio" hamda "Real" bilan "Leypsig" o‘rtasidagi jang bo‘ladi. Qolaversa, o‘tgan mavsumda Ispaniya va Italiyada tengsiz deb topilgan "Barselona" va "Napoli" to‘qnashuvi ham e’tibor markazida bo‘lishi kutilmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 19.12.2023.
O'qildi: 13725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик