Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

2016 yilda "Manchester Yunayted"ning "Enfild"da "Liverpul"ni mag‘lub etgan tarkibi yodingizdami?

2016 yilda "Manchester Yunayted"ning "Enfild"da "Liverpul"ni mag‘lub etgan tarkibi yodingizdami?

Baho:
+ | -

2016 yilning 17 yanvarida “Manchester Yunayted” «Liverpul»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va bu “qizil iblislar”ning hozirgacha «Enfild»dagi so‘nggi g‘alabasi bo‘lib qoldi.

Ueyn Runi o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi, MYU ketma-ket ikkinchi mavsumda raqiblari ustidan g‘alaba qozongandi.

O‘sha o‘yindagi mankunianliklar tarkibidan o‘rin olgan futbolchilar hozirga kelib qayerda faoliyat olib borayotgani yoki nimalar bilan band ekani haqida so‘z yuritamiz.

Darvozabon: David De Xea

Ispaniyalik darvozabon 12 mavsum davomida "qizil iblislar" safida 500 dan ortiq o‘yinda maydonga tushdi. Ishlar qayg‘uli notada tugaganiga qaramay, De Xea afsona degan ta’rifga loyiq.

David de Gea snubs £500k-a-week Cristiano Ronaldo reunion as ex-Man Utd ace  considers transfer to Messi's Inter Miami | The Sun

Yozda qo‘yib yuborilganidan buyon 33 yoshli futbolchi erkin agent. Xabar qilinishicha, u yozda Saudiya Arabistonidan tushgan foydali taklifni rad etgan.

O‘ng qanot himoya: Eshli Yang (Kameron Bortvik-Jekson, ʼ42)

Yang Van Gal davrida o‘zini qanot himoyachisi sifatida qaytadan kashf etdi va yangi rolida barqaror va ishonchli ijrochiga aylandi.

38 yoshli futbolchi bugungi kunda «Everton»da Shon Daych qo‘l ostida o‘ynab, APLda kuchli harakat qilmoqda. "Manchester Yunayted"ning hozirgi tarkibidan faqatgina Diogo Dalot, Bruno Fernandes va Andre Onana bu mavsumda Premer-ligada Yangdan ko‘ra ko‘proq daqiqa o‘ynashdi.

Ashley Young nổi loạn để đào tẩu khỏi MU

Van Gal qo‘l ostidagi 15 akademiya bitiruvchisidan biri Bortvik-Jekson 2020 yilda Myu rahbarlari tomonidan qo‘yib yuborilgan va hozirda Polshaning "Slask Vrotslav" jamoasida o‘ynmoqda.

Markaziy himoya: Kris Smolling

Smolling 2015-16 yilgi mavsumda «Yunayted» futbolchilari orasida "Yilning eng yaxshi o‘yinchisi" sovrinini qo‘lga kiritdi, ammo 2019 yilda Xarri Maguayr kelganidan keyin e’tibordan chetda qoldi.

Chris Smalling: Everton loan bid rejected by Manchester United | Football  News | Sky Sports

2019-20 yilda «Roma»da muvaffaqiyatli ijara muddatidan so‘ng, markaziy himoyachi doimiy shartnoma asosida A Seriyaga qo‘shildi va “Manchester Yunayted”dagi 10 yillik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

Markaziy himoya: Deyli Blind

Niderlandiya terma jamoasi safida Van Gal qo‘l ostida xalqaro miqyosda o‘ynaganidan so‘ng, Blind 2014 yilda "Old Trafford"da murabbiyi bilan yana birlashdi.

Ko‘p qirrali himoyachi «Yunayted»da Angliya kubogi, liga kubogi va Yevropa ligasida g‘alaba qozondi, ammo Joze Mourino qo‘l ostidagi tartibdan tushib qoldi.

Daley Blind: Manchester United can win title next season - Eurosport

«Ayaks» va «Bavariya»da o‘ynagan Blind hozirda «Jirona»da faoliyat olib bormoqda. Ispaniya klubi ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda va "Real Madrid" va «Barselona» uchun ashaddiy raqibga o‘xshaydi.

Chap qanot himoya: Matteo Darmian

Darmian "Old Trafford"dagi to‘rt yillik faoliyati davomida faqat juda kam o‘yinda maydonga tushgan va 2019 yilda o‘z vatani Italiyaga qaytib, «Parma»ga 1,4 million funt sterling evaziga kelib qo‘shilgan.

Juventus in advanced talks to sign United's Matteo Darmian on loan | Soccer  | The Guardian

O‘shandan keyin qanot himoyachisi «Inter»ga o‘tdi va Italiyada bo‘lganida beshta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Darmian ham Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yaqin keldi, faqat «Inter» 2023-24 yilgi mavsumda finalgacha yetib bordi.

Yarim himoya: Mavuan Fellayni

Fellayni "Old Trafford"da juda yomon ko‘rilgan shaxs bo‘lishiga qaramay, Van Gal va Joze Mourino qo‘l ostida muntazam o‘yinlarda maydonga tushgan.

Ammo u darhol Ole-Gunnar Sulsher tomonidan ortiqcha deb topildi va 2019 yil yanvar oyida Xitoy Superligasi vakili "Shandong Luneng"ga kelib qo‘shildi.

Manchester United news: Marouane Fellaini believes everything is still  possible for Jose Mourinho's side despite slow start | Goal.com English  Qatar

36 yoshli futbolchi so‘nggi besh yilni Xitoyda o‘tkazdi, yil boshida "Shandong Luneng"ni tark etgan va ayni damda erkin agentga aylangan.

Yarim himoya: Morgan Shnayderlen

Premer-ligada «Sautgempton» tarkibida ajoyib taassurot qoldirgan Shnayderlin 2015 yilda «Yunayted»ga qo‘shildi, ammo yangi klubida avvalgi formasini tiklay olmadi.

U Joze Mourino qo‘l ostida atigi 11 daqiqa o‘ynadi va 2017 yil yanvar oyida «Everton»ga kelib qo‘shildi.

Ex-Man Utd star's contract with new club terminated after nine days in  latest setback - Mirror Online

Faoliyatini yorqin boshlanganidan yarim himoyachi yozda Gresiyaning «Kifisiya» jamoasiga qo‘shilishdan oldin Fransiya va Turkiyada o‘ynadi.

Yarim himoya: Ander Errera (Memfis Depay, 72ʼ)

Errera “Old Trafford”da muxlislarning sevimlisiga aylandi, biroq uning shartnomasi 2019 yilda tugadi. Yarim himoyachi o‘tgan yili “Atletik Bilbao”ga qaytgunga qadar "Parij Sen-Jermen" tarkibida Fransiyada uch yil o‘tkazdi.

Ander Herrera - MARCA.com

Depay "Old Trafford"dagi 18 oy davomida umidlarni oqlay olmadi, ammo u boshqa joylarda muvaffaqiyatga erishdi. Uning eng sermahsul faoliyati «Lion»da bo‘ldi va «Barselona»dagi qisqa vaqtdan so‘ng o‘tgan mavsumda "Atletiko Madrid"ga o‘tdi.

Yarim himoya: Jessi Lingard (Xuan Mata, 66ʼ)

Lingard Van Gal qo‘l ostida «Yunayted»ning asosiy tarkibiga kirdi va 2016 yilgi Angliya kubogi finalida g‘alaba golini kiritdi, bu esa murabbiyning klubni boshqargan paytdagi sovrinlarning oxirgisi bo‘ldi.

Jesse Lingard plans to leave Manchester United even if Erik ten Hag wants  him | Manchester United | The Guardian

31 yoshli futbolchi yozda "Nottingem Forest" tomonidan qo‘yib yuborilganidan so‘ng hozirda klubsiz qolgan. Saudiyaning «Al-Ittifoq» jamoasi bilan shartnoma ishlari boshlanganiga qaramay, imzolanmay qoldi.

Juan Mata leaving Manchester United this summer after eight years as  clear-out continues at Old Trafford - Eurosport

Mata, shubhasiz, «Yunayted» uchun unutilmas lahzalarni taqdim etdi, shu jumladan 2015 yilda «Liverpul»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi - va u hozir Yaponiyada "Vissel Kobe" safida faoliyat olib bormoqda.

Hujum: Ueyn Runi

«Everton»ning bolalikdan muxlisi bo‘lgan Runi o‘zining 11 yillik «Enfild»dagi golsizligini ushbu uchrashuvda 77-daqiqada g‘alaba qozongan holda yakunladi.

"Gudison Park"ga yarim munosib qaytganidan so‘ng, u "Derbi Kaunti"da futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin "DS Yunayted" bilan MLSda bir necha mavsum o‘tkazdi.

Wayne Rooney: Mourinho has brought a winning mentality back to United |  British GQ | British GQ

U murabbiylikka o‘tgandan so‘ng "DS Yunayted" va «Derbi» bilan mashg‘ul bo‘lganidan so‘ng, oktyabr oyida "Birmingem Siti"ni boshqarishga muvaffaq bo‘ldi. Runi uchun «Sent-Endryu»dagi o‘yinda muammo bo‘lgani yo‘q, chunki u o‘zining dastlabki 10 o‘yinida faqat ikkitasida g‘alaba qozongan.

Hujum: Antoni Marsiyal

Marsiyal «Yunayted» safida 2015-16 yilgi mavsumda «Liverpul»ga qarshi o‘yinda debyut qildi va "Old Trafford"da asosan, zaxiradan maydonga tushdi.

Hozir 28 yoshli fransiyalik futbolchi «Yunayted»ning 2016 yildagi asosiy tarkibdagi yagona o‘yinchisi bo‘lib, hozir ham klubda faoliyat olib bormoqda. U "Manchester Yunayted" libosida iqtidor ko‘rsatgan bo‘lsada, Marsiyal "Old Trafford"da haqiqatan ham umidlarni oqlay olmagani asosiy konsensus.

Anthony Martial has arrived - The Busby Babe

Uning klub bilan shartnomasi yozda tugaydi va «Yunayted» shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lsada, ular bu variantni katta ehtimol amalga oshirmaydi.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:20, 21.12.2023.
O'qildi: 4706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.