Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga oid raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Braziliyaning “Fluminense” klubini tor-mor etib, klublar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi.

Uchrashuv “shaharliklar”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng “Manchester Siti” klublar o‘rtasidagi JCH, APL, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritgan ilk ingliz klubiga aylandi.

Klublar o‘rtasidagi mundialda ketma-ket 11 marta Yevropa klubi g‘olib bo‘lmoqda. So‘nggi bor 2012 yilda “Chelsi” Braziliyaning “Korintians” jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi. Shundan buyon “Real” 5 marta, “Bavariya” 2 marta, “Barselona”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Siti”lar bir martadan ushbu turnirda zafar quchdi.

“Shaharliklar” yarim himoyachisi Rodri turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va “oltin to‘p”ga ega chiqdi. “Kumush to‘p” uning jamoadoshi Kayl Uokerga topshirildi. Kuchli uchlikni “Fluminense” yarim himoyachisi Jon Aryas yakunlab berdi.

Manchester klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola esa musobaqada rekordchiga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis 4 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchmoqda. Bunga qadar “Barselona” (2009, 2011) va “Bavariya” (2013) bilan shohsupaga chiqqan edi.

Shuningdek, Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida 37-sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu borada Pep Aleks Fergyusondan ortda qolmoqda. “Manchester Yunayted”ning sobiq murabbiyi hisobida 49 ta sovrin mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:19, 23.12.2023.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик