Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

APLda eng xaridorgir liboslar kimlarniki?

APLda eng xaridorgir liboslar kimlarniki?

Baho:
+ | -

Thesun.co.uk sayti muxbiri Kostas Lianos APL klublarining eng mashhur futbolchilarini ularning liboslari sotuviga qarab aniqlashga urindi.

Keltirilgan ma’lumotlarning ayrimlari kutilmagan tuyulishi mumkin. The Athletic bergan xabarga ko‘ra, «Manchester Siti» yulduzi Xoland ayni damda «Ko‘hna qit’a»da eng ko‘p muxlisga ega, ya’ni uning libosi ancha ommabop. Bu borada u «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingemni ortda qoldirdi. Shu sababli «shaharliklar»ning marketing borasidagi yuzi, aynan norvegiyalik super hujumchidir.

«Arsenal»ning eng mashhur futbolchisi Bukayo Saka. «To‘pchilar»ning aksariyat muxlislari aynan Saka yozuvi tushirilgan futbolkalardan foydalanishmoqda. Bu borada 22 yoshli vinger 105 million funtlik Deklan Raysni ortda qoldirgan. «Manchester Yunayted»ning eng xaridorgir libosi - Reshford nomi tushirilgan futbolkalar bo‘lib turibdi. Uning libosi sardor Brunu Fernandeshnikidan ko‘proq talabgorlarga ega. «Chelsi»ning eng ko‘p sotilayotgan libosi - bu Ris Jeyms yozuvlisidir. Bu borada jamoa sardori eng qimmat futbolchilar bo‘lgan Enso Fernandes va Moyzes Kaysedodan oldinda bormoqda. «Liverpul» marketing yo‘lini hali ham Muhammad Saloh nomi belgilab bermoqda. Garchand Salohning Saudiya Arabistoniga ketishi bilan bog‘liq mish-mishlar tobora avj olayotganiga qaramasdan, misrlik muxlislar tomonidan qadrlanadi. «Tottenxem» libosini istovchilar asosan Son Xyon Minga muxlislik qilishar ekan. «Nyukasl»ning xaridorgir liboslari Gimaraesh nomi bilan bozori chaqqonlashyapti. Rivojlanishda davom etayotgan «Aston Villa»da eng mashhur futbolchi Olli Uotkins, «Brentford» va «Brayton»da esa bu maqom mos ravishda Ayvan Touni va Kauru Mitomalarga tegishlidir.

Qolgan o‘rtamiyona klublarning eng xaridori ko‘p futbolkalari quyidagi futbolchilarga tegishli. Dominik Solanke, Manuel Benson, Eberechi Eze, Kalvert-Lyuin va Joau Palinyalar mos ravishda «Bornmut», «Byorn-li», «Kristal Pelas», «Everton» va Fulxem»da mashhur nomlarga aylangan. «Luton», «Nottingem», «Sheffild», «Vest Xem» va «Vulverxempton» uchun Pelli Ruddok, Gibbs-Uayt, Kameron Archer, Jarrod Bouen va Xi-CHanlar marketing yuzi bo‘lib bermoqda.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:46, 23.12.2023.
O'qildi: 3597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик