Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Legioner tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Legioner tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?

Baho:
+ | -

Bu toza sub’ektiv shaxsiy fikrim:

1. O‘ynagan davlati. U o‘ynagan davlat chempionati biznikidan kuchlimi yoki yo‘qmi. Murabbiylarning eng ko‘p qiladigan xatosi aynan chempionatimizga yetarli baho bera olmaslik bo‘ladi. Ayniqsa chet ellik murabbiylarning.

2. Ikkinchisi — o‘ynagan jamoalariga qarash kerak bo‘ladi.  Eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar bu o‘yinchi avval katta jamoada o‘ynagan bo‘lsa "ooo katta jamoada o‘ynagan ekan" yoki "Angliyada, Ispaniyada o‘ynagan ekan" deyiladi. Aslida u faqat pastga qarab ketayotgan bo‘ladi. Unday o‘yinchilarni aksari dangasa, ishyoqmas bo‘ladi.

3. O‘yin statistikasi. Oxirgi nechta o‘yinlarda qatnashgani ham muhim rol o‘ynaydi. Umuman o‘ynamagan bo‘lsa qandaydir jarohati bo‘lishi mumkin. Xarakteri chatoq bo‘lishi mumkin. Bir tushib, bir tushmay yurgan bo‘lsa o‘ynayotgan jamoasini qanchalik kuchliligiga qaragan ma’qul.

4. Shuningdek, hozir pullik platformalar chiqib ketgan. Har bir o‘yinchi haqida to‘liq ma’lumot beradi. Qaysi o‘yinda qanday o‘ynagan. Necha marotaba to‘p uchun kurashgan, necha marotaba yutib chiqqan, necha marotaba to‘pni olib qo‘ygan va hokazo. Bunday platformalar pullik va qimmat turadi. O‘yinchi olib kuyib qolgandan ko‘ra shunday platformalarga abonement sotib olgan yaxshi.

5. Agentlarning gapiga ishonib qisqa videolavhalardan ko‘rib xulosa chiqarmasdan. Bir nechta o‘yinni to‘liq ko‘rish kerak. Ayniqsa murabbiylar. Kichik videolarda har qanday o‘yinchidan Messi yasab berish mumkin.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 17:12, 25.12.2023.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик