Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

"Barselona" kelayotgan oyda kimlarni sotib olmoqchi?

"Barselona" kelayotgan oyda kimlarni sotib olmoqchi?

Baho:
+ | -

"Barselona" joriy mavsumning qoq yarmiga kelib, chempionlik uchun kurashda favorit maqomidan tushib qoldi. Ayni damda Xavi jamoasi "Real" va "Jirona"dan ancha ortda qolmoqda. Yangi Yil arafasida, barcha klublar uchun yagona mag‘lubiyat ham qattiq ta’sir qilishi turgan gap. Shu sabab buning oldi olinishi zarur. "Barsa" 18 turdan keyin yetakchi jamoalardan 7 ochko ortda qolmoqda. Bu narsa sababli ko‘pchilik ongida kataloniyaliklar chempionlik poygasidan chiqib ketdi degan xulosa shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun muammo kattalashib ketmasidan, unga yechim topish zarur. Quyida "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchilarni bilib olasiz.

Hujum uchun

So‘nggi yillarda yoshi o‘tib qolgan futbolchilarning samarasi kam bo‘layotganini hisobga olsak, Xavi asosan Viktor Roke kabi yoshlarga e’tibor qaratishi aniq. Shuning uchun "ko‘k-anorranglilar" Janluka Prestianniga tushdi. "Veles" klubi tarbiyalanuvchisi hujum chizig‘ining istalgan qismida harakat qila oladi. U juda moslashuvchan. Ammo 17 yoshli hujumchiga da’vogarlar ko‘p. Xususan, "Benfika" va "Valensiya" allaqachon bu borada harakatni boshlab yuborgan.

Tayanch yarim himoyasi uchun

"Barselona" maydonning bu qismi uchun ham yosh futbolchilarni tanlashni maqsad qilgan. Avvalroq "Barsa" "Korintians" futbolchisi Gabriel Moskardo uchun kurashib ko‘rgandi. Ammo "PSJ" olg‘irroq chiqdi. 18 yoshli yarim himoyachi bilan Parij klubi kelishuvga erishdi. Moskardo uchun "Chelsi" ham poygada bo‘lgan.
Xavi ko‘zlayotgan yana bir variant bu "Tottenxem" yulduzi Jovanni Lo Chelbsodir. Argentina terma jamoasi a’zosi avval tayanch zonasida o‘ynamagan. Shu tufayli, bu tanlov "Barselona" manfaatlariga mos kelmasligi mumkin.

Qanot himoyasi uchun

Yaqin o‘tmishda "La-liga giganti bir necha marta "Liverpul" yulduzi Trent-Aleksander Arnold uchun "og‘iz solib" ko‘rgandi. Ammo bu urunishlar samara bermagan. Negaki, 25 yoshli futbolchi o‘z jamoasini o‘zgartirmasligini bildirgan.
"Barselona"ning o‘ng qanot himoyasi uchun ko‘zlab qo‘ygan eng jiddiy varianti bu Arnau Martinesdir. "Jirona" vakili o‘z jamoasining joriy yildagi muvaffaqiyatida katta hissa qo‘shmoqda. Ammo Martinesni ko‘ndirish uchun "Barsa"da qurollar mavjud. Negaki, Arnau bolaligining 6 yilini "Barselona" akademiyasida o‘tkazgan. Unga ayni damda "Manchester Siti" va "Real" qiziqish bilan qaramoqda. O‘z akademiyasidan chiqqani uchun Arnau Martinesni ro‘yxatga olish kataloniyaliklarga muammo tug‘dirmagan bo‘lardi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:12, 28.12.2023.
O'qildi: 6894 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.