"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning qishki transfer rejalari haqidagi savolga javob berdi.
"Hozircha transfer byudjeti haqida ma’lumot olganimiz yo‘q. Bizning qarorlarimiz moliyaviy feyr-pleyga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, shuning uchun kutamiz. Biz moslashishga va uni chetlab o‘tishga harakat qilyapmiz", - dedi Xau.