Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Futbol tarixidagi yagona bellashuv

Futbol tarixidagi yagona bellashuv

Baho:
+ | -

Bu yorug‘ olamda sayohatni - o‘zga mamlakatlar va xalqlarning madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishni istamaydigan kishi bo‘lmasa kerak.

Lekin hayoti davomida 10 ming kilometr masofani bosib o‘tgan sayyohlar soni ham unchalik ko‘p emas. Fransiyalik futbolchilarda esa shunday ajoyib imkoniyat mavjud. Ular orasidagi eng omadlilari - 5-divizion jamoasining o‘yinchilari. «Tyanvil» klubi futbolchilarini «atigi» 33 400 km.li parvoz kutmoqda. Yo‘q, bu xalqaro uchrashuv emas, shunchaki, Fransiya Kubogi turnirining 1|128 finali bosqichidagi odatiy bellashuv. Nahotki Yevropada biz bilmagan shunaqa ulkan davlat bo‘lsa? Yo‘q, yana yanglishdingiz. Gap boshqa yoqda.

1961 yildan beri Fransiya Kubogi musobaqasida ishtirok etadigan jamoalar orasida mamlakat tashqarisida joylashgan jamoalar ham bor. «Tyanvil» raqibi - «Iangen Sport». Bu jamoa Tinch okeanida, Avstraliyaning sharqidagi Yangi Kaledoniya klubi. Uni Fransiyadan 16 300 km.li masofa ajratib turadi.

O‘yinga yetib borish uchun futbolchilar bir sutkadan ko‘proq vaqt sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Ikkita oraliq to‘xtashni talab etadigan parvoz 26 soatga cho‘ziladi. Bu eng tezkor variant. Xullas, u yerga borib kelish uchun ikki sutkadan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Bu o‘ta olis safarni amalga oshirish uchun qancha mablag‘ yetarli bo‘ladi? Rossiyadan borib kelishni ta’minlaydigan eng arzon aviachipta bahosi 16 6000 rubl. Boz ustiga, bunaqa chipta atigi 3 dona xolos. Agar Fransiya 5-divizionining jamoasi o‘z raqibi maydoniga yetib bora olsa va uchrashuv o‘tkazilsa, bu milliy kubok musobaqalaridagi eng olis o‘yin bo‘ladi. Bunisi aniq.

Rossiya hududidagi jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan eng uzoq masofali bellashuv haqida aniq ma’lumotlar bor. Bu jamoalar mavsumda 2 marta - o‘z maydonida va safarda kuch sinashishgan. 2014 yilda Kaliningradning «Baltika» klubi Janubiy Saxalinskning «Saxalin» klubi bilan Rossiya rekordini o‘rnatishgan. Raqib maydoniga borib kelish uchun ular umumiy 15 000 km. masofani bosib o‘tishgan. Albatta, bu ko‘rsatkich bilan fransuzlarga tenglashishning iloji yo‘q. Shunga qaramasdan, yo‘l uchun sarflanadigan eng kam vaqt - 13 soat. Biroq vaqt mintaqalari tufayli, qariyb bir sutka parvoz qilishga to‘g‘ri keladi. Agar bu ma’lumot italiyaliklarga yetib borgudek bo‘lsa, ular hushdan ketib qolishlari hech gapmas. 2017 yilda «Roma» o‘z tarixidagi eng uzoq sayohatini amalga oshirgandi. O‘shanda rimliklar Bokuga yetib kelish uchun 3000 km.dan ko‘proq masofani ortda qoldirishgandi. U yerda «bo‘rilar»ni mahalliy «Qorabog‘» klubi kutayotgandi. O‘shanda mahalliy OAV faqat olis sayohat taassurotlari bilan band bo‘lishgandi. Endi «Tyanvil» 33 000 km. masofani ortda qoldirish bilan rostmana tarixga kiradi.

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 30.12.2023.
O'qildi: 1837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.