Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo kubogi: Qaysi jamoada U-23 jamoasidan eng ko‘p o‘yinchi?

Osiyo kubogi: Qaysi jamoada U-23 jamoasidan eng ko‘p o‘yinchi?

Baho:
+ | -

Roppa-rosa 1 haftadan keyin Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi start oladi. Qit’amizning eng sara jamoalari bellashadigan musobaqaga Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham katta hozirlik ko‘ryapti. Yana 4 oydan so‘ng Qatarga yig‘ilgan aksariyat jamoalar U-23 yosh toifasida Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi. Ushbu maqolada Osiyo kubogida qatnashayotgan jamoalarning U-23 nuqtasida kesishadigan jihatlari haqida gaplashamiz.

Avvalo, Katanes asosiy jamoaga Olimpiya terma jamoamizdan (OTJ) jalb qilgan yigitlar haqida to‘xtalib o‘tsak. Tarkibga OTJning 7 nafar o‘yinchisi kiritilgan. Bular:

Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»)
Diyor Xolmatov («Paxtakor»)
Abduvohid Ne’matov («Nasaf»)
Hojimat Erkinov («Paxtakor»)
Abbosbek Fayzullayev (SSKA)
Abduqodir Husanov («Lans»)
Zafarmurod Abdirahmatov («Nasaf»)

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bo‘lajak o‘yinlar oldidan MTJ va shogirdlariga omad tilab, musobaqa oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

«Osiyo kubogida terma jamoamizdan faqat g‘alaba kutamiz. Yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni va xalqimizni xursand qiladi, degan umiddaman. Futbolchilar va murabbiylarning salohiyatidan kelib chiqib, jamoamiz sovrinli o‘rinni egallab qaytishlarini tilayman va ishonaman. Har bir chiziqda katta raqobat mavjud va asosiy tarkibga munosib o‘yinchilar jamlangan. Musobaqa men uchun yoshlarimizning o‘yinini kuzatish nuqtayi nazaridan ikki karra qiziq. Bosh murabbiy ularga imkoniyat berishi bilan yigitlar o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatib, g‘alaba uchun hissa qo‘shishga tayyor».

Katanes OTJ futbolchilaridan eng ko‘p foydalanayotgan murabbiylardan. Quyidagi statistikada qaysi mamlakat Osiyo kubogiga U-23 jamoasidan qancha o‘yinchi jalb qilgani bilan tanishamiz:

Indoneziya – 11
Tojikiston – 10
Vyetnam – 8
O‘zbekiston – 7
Iroq – 7
Qirg‘iziston – 7
BAA – 7
Saudiya Arabistoni – 5
Suriya – 4
Janubiy Koreya – 4
Yaponiya – 4
Avstraliya – 3
Bahrayn – 3
Gonkong – 3
Tailand – 3
Falastin – 2
Qatar – 2
Hindiston – 2
Eron – 2
Iordaniya – 2
Livan – 2
Malayziya – 2
O‘mon – 1
Xitoy – 1

«V» kvartetidan joy olgan jamoamizning guruh bosqichini taqvimini yana bir bor eslatib o‘tsak:

13 yanvar: O‘zbekiston – Suriya (22:30, Toshkent vaqti)
18 yanvar: Hindiston – O‘zbekiston (19:30)
23 yanvar: Avstraliya – O‘zbekiston (16:30)

Qayd etish joiz, 15 aprel – 3 may kunlari qit’aning eng kuchli 16 jamoasi Osiyo chempionligi va Parij-2024 yo‘llanmalari uchun Qatarda kurash olib boradi. Milliy terma jamoa bilan Osiyo kubogida ishtirok etadigan olimpiyachilarimiz bu kabi musobaqalarda o‘zlarining mahoratlari, xalqaro maydondagi tajribalarini yana bir karra oshirib olishlari, shubhasiz. Bo‘lajak bellashuvlarda futbolchilarimizga omad tilaymiz!

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:26, 05.01.2024.
O'qildi: 4638 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.