Angliya terma jamoasi matbuot xizmati terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sven-Goran Erikssonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 75 yoshli mutaxassis saraton kasalligiga chalingan.
"Sven, siz bizning yuragimizdasiz", deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Eriksson 2001 yildan 2006 yilgacha Britaniya jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Klub miqyosida shved murabbiyi "Lasio", "Roma" va "Benfika"dagi faoliyati bilan tanilgan.