Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ispaniya superkubogi. «Real» finalda «Barsa»ni taslim etdi

Ispaniya superkubogi. «Real» finalda «Barsa»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya superkubogi finalida "Real" va "Barselona" o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Karlo Anchelotti jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Qirollik klubi" birinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklar himoyasidagi parokandalikdan Vinisius Junior ikki marta foydalandi. "Barsa" 33-daqiqada Levandovskining goli evaziga hisobni qisqartirdi.

Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan Arauxo o‘z jarima maydoni ichida Vinisiusni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Juniorning o‘zi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

Xavi ikkinchi bo‘limda o‘yinchi almashtirishlar orqali vaziyatni o‘nglashga intildi. Ammo "Real" 64-daqiqada qarshi hujum orqali to‘rtinchi golni urdi. Gol muallifi — Rodrigo.

71-daqiqada esa Ronald Arauxo ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Shu bilan o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi. Faqat Joau Feliks hisobni qisqartirishi mumkin edi, ammo Lunin mahorat ko‘rsatib, xavfli zarbani qaytardi.

Shunday qilib, "Real" mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya superkubogi, final
Real Madrid – Barselona 4:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39, penalti Vinisius Junior, 4:1 – 64 Rodrigo.
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Sebalyos, Kroos (Modrich, 81), Valverde, Tchuameni, Bellingem, Xoselu, Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).

Barselona – Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serji Roberto (Lopes, 61), Gyundogan, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Arauxo (37), Serji Roberto (40), Bellingem (43), Ryudiger (62).
Chetlatish: Arauxo (71).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:52, 15.01.2024.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 89 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик