Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Tottenxem” futbolchisini ortga qaytarib oladi

“Tottenxem” futbolchisini ortga qaytarib oladi

Baho:
+ | -

"Augsburg" markaziy himoyachisi Jafet Tanganga nemis klubidagi ijara muddatini tez orada yakunlaydi.

24 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsumda barcha musobaqalarda jamoasi safida bir daqiqa ham maydonga tushmadi.

Shu sababdan futbolchi tez orada “Tottenxem”ga qaytadi. Tanganga Anje Postekoglu qo‘l ostida "shporlar"da o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritishi dargumon.

Katta ehtimol bilan ingliz futbolchisi transfer oynasining qolgan kunlarida ijaraga yangi jamoa topishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida Tanganga Italiyaning “Milan”iga o‘tishi mumkin edi, ammo “rossonerilar” “Tottenxem” bilan shartnoma tuzilishi borasida kelisha olmadi.

Kiritildi: 14:05, 17.01.2024.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.