Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La liga. «Jirona» «Sevilya»ni savaladi! Dovbikdan xet-trik (videosharh)

La liga. «Jirona» «Sevilya»ni savaladi! Dovbikdan xet-trik (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida "Real" va "Barselona" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Jirona" yirik hisobda raqibini taslim etdi. Raqib esa — «Sevilya».

Uchrashuvda hisobni mehmonlar 10-daqiqada ochishdi. Gol muallifi — Isaak Romero. Shundan so‘ng mezbonlik hujumchisi Artyom Dovbik 13-19-daqiqalar orasida 3 ta gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

56-daqiqada Viktor Sigankov, 89-daqiqada esa Kristian Stuani hisobni o‘ta yirik ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi.

«Jirona» ushbu g‘alabadan 52 ochko bilan yana peshqadamga aylandi. 51 ochko to‘plagan «Real» hisobida bitta zaxira o‘yini bor.

"Sevilya" esa 16 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 21-tur
Jirona – Sevilya 5:1 (3:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 10 Romero, 1:1 – 13 Dovbik, 2:1 – 15 Dovbik, 3:1 – 19 Dovbik, 4:1 – 56 Sigankov, 5:1 – 89 Stuani.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, Blind, Xuanpe (Yakobishvili, 30), Migel Gutyerres, Errera (Solis, 66), Martin, Sigankov (Fernandes, 66), Portu, Dovbik (Stuani, 73), Savio (Torre, 73).
Sevilya – Dmitrovich, Navas, Ramos, Nyanzu, Bade (Markao Teysheyra, 46), Pedrosa, Suso (Mejbri, 62), Jordan, Sou (Agume, 77), Okampos (Mariano Dias, 77), Romero (Lamela, 62).
Ogohlantirishlar: Sou (61), Mejbri (63).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:57, 22.01.2024.
O'qildi: 2586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик